Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Odam Ato va Momo Havo gunoh qiladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Gen Part

3–BOB 
Odam Ato va Momo Havo gunoh qiladi 

Parvardigor Egamiz hamma yovvoyi hayvonlarni ham yaratgan edi. O‘sha 
hayvonlar orasida ancha ayyori ilon edi. Ilon xotindan: 
— Haqiqatan ham Xudo, bog‘dagi bironta daraxtning mevasidan yemanglar, deb 
aytdimi? — deb so‘radi. 

Xotin ilonga: 
— Yo‘g‘–e, biz bog‘dagi hamma daraxtlarning mevasidan yeyishimiz mumkin, — deb 
javob berdi. 

— Lekin Xudo, bog‘ o‘rtasidagi daraxtning mevasidan yemanglar ham, 
tegmanglar ham, aks holda, o‘lasizlar, deb aytgan. 

Ilon esa xotinga: 
— Yo‘q, o‘lmaysizlar, — dedi. 

— Chunki Xudo biladiki, sizlar bu mevalardan 
yesangiz, ko‘zlaringiz ochilib, sizlar ham barcha yaxshi va yomon narsalarni biladigan 
bo‘lib, Xudoga* o‘xshab qolasizlar. 

Xotin qarasaki, o‘sha daraxt ko‘zga chiroyli ko‘rinadi, mevalari juda yeyishli ekan. 
Xotin: “Qaniydi mevalar menga donolik ato qilsa”, deb orzu qildi. U daraxtning 
mevasidan olib yedi, keyin yonida turgan eriga ham berdi. Eri ham yedi. 

O‘sha zahoti 
ikkovining ham ko‘zlari ochilib, ular yalang‘och ekanliklarini angladilar, anjir barglarini 
sonlari atrofiga tizib, o‘zlariga yopinchiq yasadilar. 

Oqshom payti shabada esib turganda, odam va xotini bog‘da Parvardigor 
Egamizning yurganini bildilar. Ular Parvardigor Egamizning nazaridan qochib, bog‘dagi 
daraxtlar orasiga yashirindilar. 

Parvardigor Egamiz: 
— Qayerdasan? — deb odamni chaqirdi. 
10 
Odam: 
— Men bog‘da yurganingni bildim–u, yalang‘och bo‘lganim uchun qo‘rqib, 


Ibtido

yashirindim, — dedi. 
11 
— Yalang‘och ekaningni senga kim aytdi? — deb so‘radi Xudo. — Yoki Men, 
yemanglar, deb amr etgan daraxtning mevasidan yedingmi? 
12 
Odam javob berdi: 
— O‘zing menga bergan xotin o‘sha daraxtning mevasidan menga berdi, men ham 
yedim. 
13 
Shunda Parvardigor Egamiz xotinga: 
— Bu nima qilganing? — dedi. 
— Ilon meni aldadi, men mevadan yedim, — dedi xotin. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling