Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Qobilning nasli 
17 
Qobilning xotini homilador bo‘lib, o‘g‘il tug‘di. O‘g‘liga Xano‘x deb ism qo‘ydilar. 
Qobil bir shahar qurdi va shaharni o‘g‘lining ismi bilan Xano‘x deb atadi. 
18 
Xano‘x bir 
o‘g‘il ko‘rib, ismini Irod qo‘ydi. Iroddan — Maxuvol, Maxuvoldan — Matushol, 
Matusholdan — Lamex degan o‘g‘illar tug‘ildi. 
19 
Lamex ikki xotin oldi. Bittasining ismi 
Oida, boshqasiniki Zilla edi. 
20 
Oida bir o‘g‘il ko‘rib, ismini Yobol qo‘ydi. Yobol 
chodirlarda yashaydigan cho‘ponlarning ota–bobosi bo‘ldi. 
21 
Ukasining ismi Yuval edi. 
Yuval lira va nay chaluvchi sozandalarning ota–bobosi bo‘ldi. 
22 
Zilla ham bir o‘g‘il ko‘rib, 
ismini Tuvalqobil qo‘ydi. Tuvalqobil birinchi bo‘lib bronza va temir asboblar yasagan 
edi. Tuvalqobilning Namax degan singlisi bor edi. 
23 
Lamex xotinlariga dedi: 
“Oida va Zilla, menga quloq solinglar. 
Ey xotinlarim! Gapimni eshitinglar! 
Meni yaralagan odamni men o‘ldirdim, 
Meni urgan yosh yigitni nobud qildim. 
24 
Qobilni o‘ldirgandan yetti karra o‘ch olinsa, 
Lamexni o‘ldirgandan yetmish yetti karra o‘ch olinar.” 
Shis va Eno‘sh 
25 
Odam Ato bilan xotini yana bir o‘g‘il ko‘rdilar. Momo Havo: “Qobil o‘ldirgan 
Hobilning o‘rniga Xudo boshqa farzand berdi”, deb ismini Shis* qo‘ydi. 
26 
Shis ulg‘ayib, u 
ham bir o‘g‘il ko‘rdi va ismini Eno‘sh qo‘ydi. O‘sha paytda odamlar endi Egamizga sajda 
qila boshlagan edilar. 
5–BOB 
Odam Atoning nasli 

Odam Atoning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir: 
Xudo inson zotini yaratganda, ularni O‘ziga o‘xshagan qilib yaratgan edi. 

Xudo 
insonlarni erkak va ayol qilib yaratdi. Xudo ularni yaratgandan keyin Inson deb nom 
qo‘yib, ularga baraka berdi. 

Odam Ato 130 yoshida o‘g‘il ko‘rgan edi*. O‘g‘li otasining suratiday bo‘lib, unga 
o‘xshagan edi. Odam Ato o‘g‘liga Shis deb ism qo‘ygan edi. 

Shis tug‘ilgandan keyin, 
Odam Ato 800 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 

Odam Ato 930 yoshida olamdan 
o‘tdi. 

Shis 105 yoshida o‘g‘li Eno‘shni ko‘rgan edi*. 

Eno‘sh tug‘ilgandan keyin, Shis 807 
yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 

Shis 912 yoshida olamdan o‘tdi. 

Eno‘sh 90 yoshida o‘g‘li Xenanni ko‘rdi. 
10 
Xenan tug‘ilgandan keyin, Eno‘sh 815 yil 
yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 
11 
Eno‘sh 905 yoshida olamdan o‘tdi. 
12 
Xenan 70 yoshida o‘g‘li Maxaliyolni ko‘rdi. 
13 
Maxaliyol tug‘ilgandan keyin, Xenan 


Ibtido

840 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 
14 
Xenan 910 yoshida olamdan o‘tdi. 
15 
Maxaliyol 65 yoshida o‘g‘li Yoredni ko‘rdi. 
16 
Yored tug‘ilgandan keyin, Maxaliyol 
830 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 
17 
Maxaliyol 895 yoshida olamdan o‘tdi. 
18 
Yored 162 yoshida o‘g‘li Xano‘xni* ko‘rdi. 
19 
Xano‘x tug‘ilgandan keyin, Yored 800 
yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 
20 
Yored 962 yoshida olamdan o‘tdi. 
21 
Xano‘x 65 yoshida o‘g‘li Matushalohni ko‘rdi. 
22 
Matushaloh tug‘ilgandan keyin, 
Xano‘x 300 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. U umr bo‘yi Xudoga hamroh bo‘lib 
yashadi. 
23 
Xano‘x 365 yil umr ko‘rdi. 
24 
U butun umri davomida Xudoga hamroh bo‘lib 
yashab, oxiri, g‘oyib bo‘lib qoldi, chunki Xudo uni olib ketgan edi. 
25 
Matushaloh 187 yoshida o‘g‘li Lamakni ko‘rdi. 
26 
Lamak tug‘ilgandan keyin, 
Matushaloh 782 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar ko‘rdi. 
27 
Matushaloh 969 yoshida olamdan 
o‘tdi. 
28 
Lamak 182 yoshida bir o‘g‘il ko‘rdi. 
29 
Lamak: “Egamiz bu yerni la’natlagan, endi 
yerga ishlov berganimizda, og‘ir ishlarimizni shu bola yengillashtirsin”, deb o‘g‘lining 
otini Nuh* qo‘ydi. 
30 
Nuh tug‘ilgandan keyin, Lamak 595 yil yashab, yana o‘g‘il–qizlar 
ko‘rdi. 
31 
Lamak 777 yoshida olamdan o‘tdi. 
32 
Nuh 500 yoshdan o‘tgandan keyin Som, Xom va Yofas degan o‘g‘illarini ko‘rdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling