Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Insoniyatning qabihligi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
6–BOB
Insoniyatning qabihligi 1 Yer yuzida insonlar borgan sari ko‘paya boshladi. Qizlar ham tug‘ilgan edi. 2 Ilohiy zotlar*, bu qizlar* chiroyli ekan, deb yoqtirganlarini o‘zlariga xotin qilib olaverdilar. 3 Shunda Egamiz aytdi: “Men ato etgan Ruh* insonlar bilan abadiy qolmaydi*, chunki ular o‘ladigan jonlardir*. Kelgusida ular 120 yil umr ko‘rsin.” 4 O‘sha kunlarda, undan keyin ham bu olamda ulkan pahlavonlar* yashadi. Ilohiy zotlar bilan ayol zotidan* tug‘ilgan bu pahlavonlar qadimgi davrning buyuk qahramonlari, mashhur jangchilari bo‘lgan edilar. 5 Egamiz ko‘rdiki, yer yuzida inson zoti qilayotgan qabihliklar juda ham ko‘p ekan. Ularning ko‘nglida faqat qabih niyat bor ekan. 6 Egamiz yer yuzida insonlarni yaratganidan pushaymon bo‘ldi, yurakdan afsuslandi. 7 Egamiz aytdi: “O‘zim yaratgan inson zotini yer yuzidan qirib yuboraman. Men inson bilan birga hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni ham qiraman, ularni yaratganimdan pushaymon bo‘lyapman.” 8 Faqat Nuh Egamizning marhamatiga sazovor bo‘lgan edi. Nuh 9 Nuhning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir: O‘sha davrda yer yuzidagi solih, benuqson odam faqat Nuh bo‘lib, Xudoga hamroh bo‘lib yashardi. 10 Nuhning Som, Xom, Yofas degan uchta o‘g‘li bor edi. 11 Endilikda yer yuzi Xudoning oldida axloqsizlikka, zo‘ravonlikka to‘lib–toshib ketgan edi. 12 Xudo ko‘rdiki, olam buzilib ketgan, yer yuzidagi jamiki insoniyat yo‘ldan ozgan edi. 13 Xudo Nuhga aytdi: “Men butun yer yuzidagi insonlarni qirib tashlashga qaror qildim. Chunki yer yuzi ularning dastidan zo‘ravonlikka to‘lib–toshdi. Endi ularni butun yer bilan birga yo‘q qilmoqchiman. 14 Qattiq yog‘ochdan* o‘zingga kema yasa, kemaning ichida xonalar ham yasab, kemaning ichki va tashqi tomonini qora saqich Ibtido 9 bilan suvab chiq. 15 Kemaning uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak* bo‘lsin. 16 Kemaning tomini yasaganingda, tom bilan kemaning devori oralig‘ida bir tirsak* ochiq joy qoldir*. Eshigini kemaning yon tomonidan yasa. Kemani uch qavatli qilib yasa. 17 Men yer yuzini to‘fonga bostirib, tirik jonzotning hammasini qirib tashlayman. Yer yuzidagi jamiki mavjudot nobud bo‘ladi. 18 Sen bilan esa Men ahd qilaman. Sen kema ichiga kirasan, sen bilan birga o‘g‘illaring, xotining, kelinlaring ham kiradi. 19 Hayvonlarning har bir turidan bir juftdan — erkagi va urg‘ochisidan kema ichiga o‘zing bilan olib kirasan, toki to‘fon paytida ular sen bilan birga tirik qolsin. 20 Qushlarning, hayvonlarning, sudralib yuruvchi jonivorlarning va hasharotlarning har bir turidan juft–juft qilib, o‘zing bilan olib kirasan, toki ular tirik qolsin. 21 O‘zing bilan oziq–ovqatlarning har bir turidan g‘amlab ol. Oziq–ovqatlar oilang bilan barcha jonzotlarga yegulik bo‘ladi.” 22 Nuh hamma narsani Xudo amr etganday qildi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling