Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odam Ato va Momo Havo Adan bog‘idan quviladilar
Xudo hukm qiladi
14 Parvardigor Egamiz ilonga shunday dedi: “Shu qilmishlaring uchun La’nati bo‘lgaysan barcha jonzotlar orasida Va jamiki yovvoyi hayvonlar orasida. Qorning bilan sudralib yurgaysan, Umring bo‘yi tuproq yegaysan. 15 Dushmanlik paydo qilaman sen bilan xotin o‘rtasida, Sening zoting bilan uning zoti orasida. Uning zoti ezib tashlaydi sening boshingni, Sen chaqib olasan uning tovonini.” 16 Xotinga esa shunday dedi: “Homiladorligingda g‘oyat azob beraman, Mashaqqat ila bola tug‘asan. Ammo eringni qo‘msayverasan, Ering esa hokim bo‘ladi sening ustingdan.” 17 Parvardigor Egamiz odamga shunday dedi: “Xotiningning gapiga kirganing uchun, Men, yema, deb taqiqlagan mevani yeganing uchun Sen tufayli yerni la’nati qildim. Butun umring bo‘yi timdalab yerni, Yerdan o‘tkazasan tirikchiligingni. 18 Yerning hosili yemishing bo‘lsa ham, Yer sen uchun tikanlaru qushqo‘nmas* o‘stiradi. 19 Sen tuproqdan yaralgansan, To tuproqqa qaytguningga qadar, Peshana tering bilan non yeysan. Zero, sen tuproqdirsan Va tuproqqa qaytasan.” 20 Xotin jamiki insonlarning onasi bo‘lgani uchun, Odam Ato* unga Momo Havo* deb ism berdi. 21 Odam Ato va uning xotini uchun Parvardigor Egamiz teridan kiyim–kechak Ibtido 6 yasab, ularni kiyintirib qo‘ydi. Odam Ato va Momo Havo Adan bog‘idan quviladilar 22 Keyin Parvardigor Egamiz shunday dedi: “Mana, inson hamma narsani — yaxshilik va yomonlikni bilib, Bizga o‘xshab qoldi. Endi u qo‘lini uzatib, hayot daraxti mevasidan ham olmasin, mevani yeb, abadiy yashaydigan bo‘lib qolmasin.” 23 Shu sababdan Parvardigor Egamiz Odam Atoni va Momo Havoni Adan bog‘idan chiqarib yubordi. U Odam Atoni yerning tuprog‘idan yasagan edi, unga endi o‘sha yerni ishlashga berdi. 24 U Odam Atoni haydab yuborgandan keyin, hayot daraxtiga boradigan yo‘lni qo‘riqlash uchun Adan bog‘ining sharq tomoniga karublarni* va doimo aylanib turadigan alangali qilichni o‘rnatdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling