Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- 12–BOB Xudo Ibromni tanlaydi
Terahning avlodlari
27 Terahning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir: Terahdan Ibrom, Naxo‘r va Xaron tug‘ildilar. Xarondan Lut tug‘ildi. 28 Terah hali hayot ekan, Xaron o‘zining tug‘ilgan yurtida — Xaldeydagi Ur shahrida* otasidan oldin olamdan o‘tdi. 29 Ibrom — Soray* degan qizga, Naxo‘r — Milxo degan qizga uylandilar. Milxo Xaronning qizi edi. Milxoning Iskax degan singlisi ham bor edi. 30 Soray bepusht bo‘lib, bolasi yo‘q edi. 31 Terah o‘g‘li Ibromni, Xaronning o‘g‘li — nabirasi Lutni, Ibromning xotini — kelini Sorayni ergashtirib, Xaldeydagi Ur shahridan chiqib, Kan’on yurtiga qarab yo‘l oldi. Ular Xoron shahriga* kelishgach, o‘sha yerda o‘rnashdilar. 32 Terah 205 yoshida Xoronda olamdan o‘tdi. 12–BOB Xudo Ibromni tanlaydi 1 Shundan keyin Egamiz Ibromga* dedi: “O‘z yurtingdan, qarindosh–urug‘laring oldidan — otang xonadonidan chiqib ket. Men senga bir yurtni ko‘rsataman, o‘sha yerga borasan. 2 Buyuk xalqning otasi qilaman seni, Ibtido 15 Baraka beraman senga, Ulug‘ qilaman sening nomingni, Baraka manbai bo‘lasan sen. 3 Men baraka berarman seni duo qilganlarga, Seni la’natlaganlarni Men la’natlayman. Sen orqali baraka toparlar Yer yuzidagi jamiki xalqlar.” 4 Egamiz amr qilganday, Ibrom ketdi. Lut ham Ibrom bilan birga ketdi. Ibrom Xorondan* chiqib ketganda, yetmish besh yoshda edi. 5 Ibrom xotini Sorayni*, jiyani Lutni, Xoronda xizmatga olgan odamlarini boshlab, to‘plagan jamiki mol–mulkini olib, Kan’on yurtiga qarab yo‘lga tushdi. Nihoyat, ular Kan’on yurtiga yetib kelishdi. 6 Ibrom bu yurtda ko‘chib yurib, Shakam* yaqinidagi Mo‘re nomli muqaddas eman daraxti* yoniga yetib kelib to‘xtadi. O‘sha paytlarda bu yurtda Kan’on xalqi yashardi. 7 Shu yerda Egamiz Ibromga zohir bo‘lib: “Mana shu yurtni sening naslingga beraman”, dedi. Shunday qilib, Ibrom zohir bo‘lgan Egamizga atab o‘sha yerda qurbongoh qurdi. 8 Shundan so‘ng Ibrom Baytilning sharqidagi qirlarga yo‘l oldi. Baytil bilan Ay shaharlarining o‘rtasida* chodir tikdi. Chodirdan g‘arb tomonda Baytil, sharq tomonda Ay shaharlari bor edi. Bu yerda u qurbongoh qurib, Egamizga sajda qildi. 9 Ibrom u joydan bu joyga ko‘chib, janubga — Nagav cho‘liga* ketdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling