Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Maliksidiq Ibromni duo qiladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Maliksidiq Ibromni duo qiladi 
17 
Ibrom Kado‘rlamar va uning ittifoqchilari ustidan g‘alaba qilib qaytib 
kelayotganda, Sado‘m shohi uni kutib olgani Shovey soyligiga keldi. (Shovey soyligi Shoh 
soyligi* deb ham atalgan.) 
18 
Salim* shohi Maliksidiq ham Ibromni kutib olgani chiqib, non va sharob olib keldi. 
U Xudoyi Taoloning ruhoniysi ham edi. 
19 
Maliksidiq Ibromni shunday deb duo qildi: 
“Yeru ko‘kni yaratgan* Xudoyi Taolo 
Ibromga baraka bersin. 
20 
Yovlaringni qo‘lingga bergan Xudoyi Taologa 
Hamdu sanolar bo‘lsin.” 
Ibrom qaytarib olib kelgan hamma narsaning o‘ndan birini Maliksidiqqa berdi. 
21 
So‘ngra Sado‘m shohi Bera Ibromga shunday dedi: 
— Odamlarimni o‘zimga qaytarib bersang bo‘ldi, qaytarib olib kelgan hamma 
narsani o‘zingga olaver. 
22 
Lekin Ibrom Sado‘m shohiga shunday javob berdi: 
— Yeru ko‘kni yaratgan Egamiz — Xudoyi Taolo haqi qasam ichib aytamanki
23 
men 
sening birorta cho‘pingni yoki chorig‘ingning ipini ham olmayman. Aks holda: “Ibromni 
men boy qilganman”, deb aytishing mumkin. 
24 
Yigitlarimning yeb–ichganidan tashqari, 
men sendan hech narsa olmayman. Men bilan birga borgan ittifoqchilarim Onar, Eshko‘l 


Ibtido
18 
va Mamre esa o‘zlarining ulushlarini olishsin. 
15–BOB 
Xudo Ibrom bilan ahd qiladi 

Shundan keyin Egamiz Ibromga* shu so‘zlarni vahiyda ayon qildi: 
— Qo‘rqma, Ibrom, Men senga qalqon bo‘laman, senga beradigan mukofotim buyuk 
bo‘ladi. 

— Ey Egam Rabbiy! Sen menga nima ham berar eding?! Men hamon befarzandman, 
butun mol–mulkim Damashqlik xizmatkorim Eliazarga qoladi. 

Sen menga farzand 
bermading, shuning uchun xonadonimda tug‘ilgan qulim mening merosxo‘rim bo‘ladi–
da. 

Lekin Ibromga Egamiz yana shu so‘zlarni ayon qildi: 
— Yo‘q, quling sening merosxo‘ring bo‘lmaydi, o‘zingning pushti kamaringdan 
bo‘ladigan o‘g‘ling sening hamma mol–mulkingga merosxo‘r bo‘ladi. 

So‘ngra Egamiz Ibromni tashqariga olib chiqib, unga: 
— Osmonga qara, agar yulduzlarni sanay olsang, sanab ko‘r, — dedi. 
Egamiz yana aytdi: 
— Sening nasling ham o‘sha yulduzlarga o‘xshagan ko‘p bo‘ladi. 

Ibrom Egamizga ishondi, Egamiz uni ishonchi uchun solih deb bildi. 

So‘ngra Egamiz unga dedi: 
— Men sening Egangman, bu yurtni senga mulk qilib bermoqchiman, shuning uchun 
seni Xaldeydagi Ur shahridan* olib chiqqanman. 

— Ey Egam Rabbiy! Bu yurtni meros qilib olishimga qanday ishonch hosil qilaman? 
— deb so‘radi Ibrom. 

— Menga uch yoshli g‘unajin, uch yoshli echki, uch yoshli qo‘chqor, kaptar, 
musichani olib kel, — dedi Egamiz. 
10 
Egamiz nima aytgan bo‘lsa, hammasini Ibrom olib kelib, so‘ydi. Hayvonlarni 
uzunasiga o‘rtasidan bo‘lib, bo‘laklarni bir–biriga qaratib qo‘ydi. Lekin qushlarni ikkiga 
bo‘lmadi. 
11 
Quzg‘unlar go‘shtlarni yeyish uchun qo‘nganda, Ibrom quzg‘unlarni haydadi. 
12 
Quyosh botayotganda, Ibromni qattiq uyqu bosdi. Uni qo‘rquv, vahima qamrab 
oldi. 
13 
Shunda Egamiz Ibromga aytdi: 
— Shuni yaxshi bilib qo‘yki, sening nasling begona yurtda musofir bo‘lib yashaydi. 
To‘rt yuz yil qul bo‘lib, jabr–zulm tortadi. 
14 
Lekin Men sening naslingni qul qilgan xalqni 
jazolayman. Sening nasling begona yurtdan katta boylik bilan chiqib ketadi. 
15 
Sen juda 
ham keksayib olamdan o‘tib, dafn etilasan, ota–bobolaring yoniga xotirjam ketasan. 
16 
Sening nasling to‘rt avlod o‘tgandan keyin* bu yerga qaytib keladi, chunki Amor 
xalqlarining qabihligi hali haddan oshmadi*. 
17 
Quyosh botib, qorong‘i tushgandan keyin, Ibrom ichidan tutun chiqib turgan 
tog‘orani va yonayotgan mash’alani ko‘rdi. O‘sha tog‘ora va mash’ala bo‘g‘izlangan 
hayvon bo‘laklari orasidan o‘tdi*. 
18 
Shunday qilib, o‘sha kuni Egamiz Ibrom bilan ahd 
qildi va shunday dedi: 
— Men sening naslingga Misrdagi daryodan* tortib buyuk Furot daryosigacha 
bo‘lgan joylarni 
19 
— Xayin, Xanaz, Kadmon, 
20 
Xet, Pariz, Rafa, 
21 
Amor, Kan’on, Girgosh, 
Yobus xalqlarining yerlarini beraman. 


Ibtido
19 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling