Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Ibrohim va Abumalek
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
20–BOB
Ibrohim va Abumalek 1 Ibrohim bu yerdan ko‘chib, janubga — Nagav cho‘li* tomonga yo‘l oldi va Kadesh bilan Shur oralig‘ida joylashdi. Keyinroq Garorga* ketdi. U yerda bir oz yashadi. 2 Ibrohim bu yerdagi odamlarga xotini Sorani, u mening singlim, deb aytar edi. Garor shohi Abumalek odam yuborib, Sorani saroyiga oldirib keldi. 3 Abumalek kechasi tush ko‘rdi. Tushida Xudo zohir bo‘lib, unga dedi: “Sen mana shu Ibtido 25 xotinni olganing uchun o‘lasan, chunki uning eri bor.” 4 Lekin Abumalek hali Soraga yaqinlashmagan edi. — Yo Rabbiy! — dedi Abumalek. — Men begunohman–ku! Endi begunoh odamni ham o‘ldiraverasanmi? 5 Ibrohim menga, u mening singlim, dedi–ku! Ayolning o‘zi ham, Ibrohim — mening akam, dedi. Men bu ishni pok ko‘ngil bilan qildim. 6 Xudo Abumalekka tushida yana dedi: — Sening pok ko‘ngilli ekaningni bilaman. Shu sababdan Menga qarshi gunoh qilishdan seni saqladim. Soraga tegishingga yo‘l qo‘ymadim. 7 Endi sen bu ayolni eriga qaytarib ber. Uning eri — payg‘ambar, sen uchun ibodat qiladi. Shunda sen tirik qolasan. Agar bu ayolni eriga qaytarib bermasang, shuni bilib qo‘yki, o‘zing ham, butun oila a’zolaring ham o‘lasizlar. 8 Ertasi kuni saharda Abumalek hamma a’yonlarini chaqirib, ularga bo‘lgan voqeani aytib berdi. Hammalari qattiq vahimaga tushdilar. 9 Keyin Abumalek Ibrohimni chaqirtirib, unga dedi: — Bizni nima qilib qo‘yding? Senga qarshi qanday gunoh qilibman–a?! Men ham, shohligim ham shunchalik og‘ir gunohga botishiga sen sababchi bo‘lding! Sen menga hech kim hech qachon qilmasligi kerak bo‘lgan ishni qilding. 10 Abumalek Ibrohimdan: — Nimani o‘ylab bu ishni qilding? — deb so‘radi. 11 — Bu yerda hech kim Xudodan qo‘rqmaydi, xotinimni tortib olish uchun meni o‘ldiradilar, deb o‘yladim, — dedi Ibrohim. 12 — Buning ustiga, u haqiqatan ham mening singlim, otamiz bir, lekin onamiz boshqa–boshqa bo‘lgani uchun unga uylanganman. 13 Xudo meni otamning xonadonidan begona yurtlarga sayohatga olib ketganda, xotinimga shunday degan edim: “Qayerga borsak ham, men to‘g‘rimda gapirganingda, u mening akam, deb aytgin. Shunda menga sodiqligingni ko‘rsatgan bo‘lasan.” 14 Shundan keyin Abumalek mol–qo‘yidan, qul va cho‘rilaridan Ibrohimga berdi. Xotini Sorani ham qaytarib berdi. 15 — Mana, shohligimga qarashli yerlar qarshingda turibdi, — dedi Abumalek. — Qayerda yashashni xohlasang, o‘sha joyni tanlab olaver. 16 Soraga esa shunday dedi: — Mana, akangga ming bo‘lak kumushni* tovon qilib to‘layapman. Bu kumushlar yoningdagilarga sening pokligingni isbotlaydi*. 17-18 Xudo Sora tufayli Abumalekning xonadonidagi hamma ayolni tug‘maydigan qilib qo‘ygan edi. Ibrohim Xudoga ibodat qildi. Xudo Abumalekka shifo berdi, shuningdek, uning xotini va cho‘rilariga ham shifo berib, ularni tug‘adigan qildi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling