Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Ibrohim bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Ibrohim bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv 
22 
Bir kuni Abumalek* lashkarboshisi Pixol bilan birga Ibrohimning oldiga bordi va 
unga dedi: 
— Sen har qanday ishni qilganingda ham Xudo sen bilan birga. 
23 
Endi Xudoning 
nomini o‘rtaga qo‘yib, seni, bolalaringni, naslingni aldamayman, deb qasam ich. Men 
senga sodiqligimni ko‘rsatdim. Shuning uchun hozir, senga va men istiqomat qilib 
turgan shu yurtingga sodiq bo‘laman, deb qasam ich. 
24 
— Qasam ichaman, — dedi Ibrohim. 
25 
Shunda Ibrohim Abumalekka: “Xizmatkorlaring zo‘rlik bilan mening qudug‘imni 
tortib olishdi”, deb shikoyat qilib qoldi. 
26 
— Bu haqda birinchi marta eshityapman, — dedi Abumalek. — Sen menga bu 
haqda aytmagan eding. Bu ishni kim qilganini bilmayman. 
27 
Shunday qilib, Ibrohim Abumalekka mol–qo‘ylar berdi va ikkalasi ahd qildilar. 
28 
Ibrohim yettita urg‘ochi qo‘zini suruvdan ajratib oldi. 
29 
Abumalek Ibrohimdan: 
— Sen yettita urg‘ochi qo‘zini ajratib olding, buning ma’nosi nima? — deb so‘radi. 
30 
Ibrohim shunday javob berdi: 


Ibtido
27 
— Mana shu yettita urg‘ochi qo‘zini sen qo‘limdan olishing kerak, toki bu quduqni 
o‘zim qaziganimni bular isbotlaydi*. 
31 
Shunday qilib, ikkovlari qasamyod qilishdi. Shuning uchun bu joy hozirgacha 
Bersheba* deb yuritiladi. 
32 
Ular ahd qilganlaridan keyin, Abumalek o‘z lashkarboshisi 
Pixol bilan Filistlar yeridagi Garor shahriga qaytib ketdi. 
33 
Ibrohim Bershebada yulg‘un 
daraxti* o‘tqazdi va u yerda abadiy Xudoga — Egamizga sajda qildi. 
34 
U Filistlar yerida 
ancha vaqt yashadi. 
22–BOB 
Xudo Ibrohimga amr beradi 

Shu voqealardan keyin Xudo Ibrohimni sinadi. 
— Ibrohim! — deb chaqirdi Xudo. 
— Labbay! — deb javob berdi Ibrohim. 

— Yolg‘iz suyukli o‘g‘ling Is’hoqni olib, Moriyox yeriga* bor, — dedi Xudo. — Men 
senga bir tog‘ni ko‘rsataman, o‘sha tog‘da o‘g‘lingni qurbonlik qilib kuydirasan. 

Ertasi kuni Ibrohim saharda turib, eshagini egarladi. Olovda kuydiriladigan 
qurbonlik uchun o‘tin tayyorladi. So‘ng ikki xizmatkori va o‘g‘li Is’hoqni yoniga olib, 
Xudo aytgan yerga jo‘nadi. 

Uch kun yo‘l yurganlaridan keyin, Ibrohim uzoqdan o‘sha 
joyni ko‘rdi. 

Ibrohim xizmatkorlariga dedi: 
— Sizlar shu yerda — eshakning yonida qolinglar. O‘g‘lim bilan hov anavi yerga 
boramiz–u, u yerda sajda qilib, shu yerga qaytib kelamiz. 

Ibrohim qurbonlik kuydirish uchun o‘tinni olib, o‘g‘li Is’hoqning yelkasiga ortdi. 
O‘zi esa pichoq bilan cho‘g‘ni olib ketdi. Ikkovlari birga ketishdi. 

— Otajon! — dedi bir payt Is’hoq otasiga. 
— Labbay, o‘g‘lim, — deb javob berdi Ibrohim. 
— Olov bilan o‘tin bor–u, lekin qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zi qani? — deb 
so‘radi Is’hoq. 

— Qurbonlik qilib kuydiriladigan qo‘zini Xudoning O‘zi beradi*, o‘g‘lim, — deb 
javob qildi Ibrohim. Shunday qilib, ikkovlari birga yo‘lda davom etishdi. 

Ular Xudo ko‘rsatgan yerga yetib kelganlaridan keyin, Ibrohim qurbongoh qurib, 
qurbongohga o‘tin qaladi. So‘ngra u o‘g‘li Is’hoqni bog‘lab, qurbongohdagi o‘tinlar ustiga 
yotqizdi. 
10 
Ibrohim pichoqni oldi va o‘g‘lini bo‘g‘izlashga shaylandi. 
11 
Shu payt 
Egamizning farishtasi samodan unga hayqirdi: 
— Ibrohim! Ibrohim! 
— Labbay! — deb javob berdi Ibrohim. 
12 
— Pichoqni tashla! — deb buyurdi farishta. — Bunday qilma, bolaga zarar 
yetkazma. Endi bildim, sen haqiqatan Xudodan qo‘rqar ekansan. Sen hatto yagona 
o‘g‘lingni ham Mendan ayamading. 
13 
Ibrohim boshini ko‘tarib, qo‘chqorni ko‘rib qoldi. Qo‘chqorning shohlari 
chakalaklarga o‘ralib qolgan edi. Ibrohim qo‘chqorni ushlab, qurbongohda o‘g‘lining 
o‘rniga kuydirib qurbonlik qildi. 
14 
Shuning uchun bu joyga Ibrohim “Egamiz beradi”* 
deb nom qo‘ydi. Bu nom bugungi kunda*: “Egamizning tog‘ida* beriladi*” degan 
hikmatga aylanib ketgan. 
15 
Shundan keyin Egamizning farishtasi samodan Ibrohimni yana chaqirdi: 


Ibtido
28 
16 
— Egang aytmoqda: “Menga itoat qilganing uchun, hatto yagona o‘g‘lingni ham 
Mendan ayamaganing uchun O‘zimning nomim bilan qasamyod qilaman*: 
17 
senga 
albatta qut–baraka beraman. Naslingni osmondagi yulduzlarday, dengiz qirg‘og‘idagi 
qumday son–sanoqsiz qilib ko‘paytiraman. Nasling g‘animlarining darvozalarini 
egallaydilar. 
18 
Menga itoat qilganing uchun yer yuzidagi hamma xalqlar sening nasling 
orqali baraka topadi.” 
19 
Shunday qilib, Ibrohim o‘g‘li bilan birga xizmatkorlari yoniga qaytib keldi va 
Bershebaga — uyiga yo‘l oldi. Ibrohim Bershebada yashab qoldi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling