25–BOB
Ibrohimning boshqa o‘g‘illari
1
Ibrohim boshqa ayolga uylandi. U ayolning ismi Xaturo edi.
2
U Ibrohimga bir necha
o‘g‘il tug‘ib berdi. O‘g‘illarning ismi Zimron, Yoxshon, Midon, Midiyon, Yishboq va
Shuvax edi.
3
Yoxshonning Shava va Dedon degan o‘g‘illari bor edi. Dedonning nasli
Ashur, Latush va Lum xalqlari edi.
4
Midiyonning o‘g‘illari Efax, Ifar, Xano‘x, Avido va
Eldax edilar. Xaturodan bino bo‘lgan o‘g‘illari mana shular edilar.
5
Ibrohim butun mol–
mulkini o‘g‘li Is’hoqqa berdi.
6
Ibrohim hayot ekan, cho‘rilari* tug‘ib bergan o‘g‘illariga
hadyalar berdi va o‘sha o‘g‘illarini Is’hoqning oldidan nariga — sharq tomondagi yurtga
jo‘natdi.
Ibrohim vafot etib, dafn qilinadi
7
Ibrohim 175 yil yashab,
8
nuroniy yoshda, keksayib, olamdan o‘tdi.
9
O‘g‘illari Is’hoq
bilan Ismoil uni Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan g‘orga dafn
qildilar. Bu dala ilgari Xet xalqidan bo‘lgan Zo‘xar o‘g‘li Efro‘nniki edi.
10
Bu dalani
Ibrohim Xet xalqidan* sotib olgan edi. Ibrohim bu g‘orda xotini Soraning yoniga dafn
qilindi*.
11
Ibrohim vafot etgandan keyin, Xudo uning o‘g‘li Is’hoqqa baraka berdi. Is’hoq
Ber–Laxay–Ruy qudug‘i* yonida istiqomat qilardi.
Ismoilning nasli
12
Soraning Misrlik cho‘risi Hojar Ibrohimga tug‘ib bergan Ismoilning nasl–nasabi
tarixi quyidagichadir:
13
Tug‘ilish tartibiga ko‘ra, Ismoil o‘g‘illarining ismlari quyidagicha: to‘ng‘ich o‘g‘li —
Navayot, keyingilari Kedar, Adbal, Mivsom,
14
Mishmo, Dumax, Masso,
15
Hadad, Temo,
Yatur, Nofish va Kedemax.
16
Ismoilning bu o‘n ikki o‘g‘li o‘n ikki qabilaning yo‘lboshchisi
bo‘ldilar. O‘sha qabilalar chodir qurib joylashgan yerlarga ularning ismlari berildi.
17
Ismoil 137 yoshida olamdan o‘tdi.
18
Ismoilning nasli Ossuriyaga ketaverishda —
Misrning sharqidagi Xavila bilan Shur orasida o‘rnashdi. Ular qarindoshlariga dushman
bo‘lib yashardilar*.
Do'stlaringiz bilan baham: |