Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Is’hoq va Filistlar shohi Abumalek


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97
Bog'liq
Gen Part

26–BOB 
Is’hoq va Filistlar shohi Abumalek 

Shu orada yurtda qattiq ocharchilik bo‘ldi, bunday ocharchilik ilgari Ibrohim 
davrida ham yuz bergan edi*. Is’hoq Garor shahriga ko‘chib ketdi. U yerda Filistlar shohi 
Abumalek* yashardi. 

Egamiz Is’hoqqa zohir bo‘lib, dedi: 
— Misrga borma. Men senga ko‘rsatadigan yurtda o‘rnashib, 

o‘sha yerda yashab 
tur. Agar shunday qilsang, Men sen bilan birga bo‘laman, senga baraka beraman. Mana 
shu yerlarning hammasini senga va sening naslingga beraman. Otang Ibrohimga bergan 
va’damda turaman. 

Men sening naslingni osmondagi yulduzlar kabi son–sanoqsiz 
qilaman. Mana shu yerlarning hammasini sening naslingga beraman. Sening nasling 


Ibtido
34 
orqali yer yuzidagi hamma xalqlar baraka topadilar. 

Ibrohim Mening talablarimga
amrlarimga, farmonlarimga, qonunlarimga itoat etgani uchun senga baraka beraman. 

Shunday qilib, Is’hoq Garor shahrida o‘rnashib qoldi. 

Bu yerdagi odamlar 
Is’hoqdan Rivqo to‘g‘risida so‘raganlarida, “U mening singlim”, deb javob berardi. “U 
mening xotinim”, deb aytishdan qo‘rqar edi. Rivqo juda chiroyli bo‘lgani sababli: 
“Odamlar uni tortib olish uchun meni o‘ldiradilar”, deb o‘ylardi. 

Oradan ancha vaqt o‘tdi. Bir kuni Is’hoq Rivqoni erkalatayotganda, Filistlar shohi 
Abumalek derazadan ko‘rib qoldi. 

Abumalek Is’hoqni chaqirtirdi. 
— U sening xotining ekan–ku! Nimaga uni, singlim, deb aytding? — deb so‘radi. 
— Agar xotinim deb aytsam, birortasi uni tortib olish uchun meni o‘ldiradi, deb 
qo‘rqdim, — dedi Is’hoq. 
10 
— Bu nima qilganing–a?! Axir, odamlarimdan biri xotining bilan osonlikcha birga 
bo‘lishi mumkin edi–ku! Unday holda bizni gunohkor qilib qo‘ygan bo‘larding! 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling