Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Esov bilan Yoqub tug‘iladi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Esov to‘ng‘ichlik huquqini sotadi
Esov bilan Yoqub tug‘iladi
19 Ibrohim o‘g‘li Is’hoqning xonadoni tarixi quyidagichadir: Ibtido 33 Ibrohim Is’hoqning otasi edi. 20 Is’hoq Rivqoga uylanganda qirq yoshda edi. Rivqo Batuvalning qizi, Lobonning singlisi edi. Batuval Oramlik bo‘lib, Paddon–Oramdan* edi. 21 Rivqoning bolasi bo‘lmadi. Is’hoq xotini uchun Egamizga iltijo qildi. Egamiz uning iltijolarini eshitdi. Rivqo homilador bo‘ldi. 22 Rivqoning qornidagi bolalari bir–biri bilan urishardilar. Rivqo: “Agar shunaqa bo‘lsa, homilador bo‘lishimning nima foydasi bor?!”* deb bu haqda Egamizdan so‘radi. 23 Egamiz Rivqoga shunday dedi: “Sening qorningda ikki xalq bor, Sendan tug‘ilganlar ikki xalqqa bo‘linar*. Biri ikkinchisidan kuchli chiqajak, Kattasi kichigiga xizmat qilajak.” 24 Rivqoning oy–kuni yaqinlashib, egizak tug‘di. 25 To‘ng‘ichi tug‘ilganda, qip–qizil* ekan. Uning tanasi jun matoga o‘xshardi. Shuning uchun uning ismini Esov qo‘ydilar*. 26 Ukasi esa Esovning tovonini ushlab tug‘ildi, shuning uchun uning ismini Yoqub qo‘ydilar*. Egizaklar tug‘ilganda, Is’hoq oltmish yoshda edi. Esov to‘ng‘ichlik huquqini sotadi 27 Bolalar ulg‘aydilar. Esov — dala–dashtni yaxshi ko‘radigan mohir ovchi, Yoqub esa uyda o‘tirishni yoqtiradigan, beozor odam bo‘ldi. 28 Esov ovlab kelgan hayvonlarning go‘shtini Is’hoq tanovul qilib, lazzat olar, shuning uchun u Esovni yaxshi ko‘rardi. Rivqo esa Yoqubni yaxshi ko‘rardi. 29 Bir kuni Yoqub yasmiq* shavla pishirayotgan edi, Esov daladan ochqab, sulayib kelib qoldi. 30 Esov Yoqubga: — Menga ana shu qizil ovqatingdan bergin, o‘lguday qornim ochdi, — dedi. (Shuning uchun u Edom* degan ism ham olgan.) 31 — Bo‘pti, — dedi Yoqub, — lekin buning evaziga menga to‘ng‘ichlik huquqingni* sot. 32 — E, to‘ng‘ichlik huquqimdan menga nima foyda, qornim ochganidan o‘lay deb turibman, — dedi Esov. 33 — Oldin menga qasam ich, — dedi Yoqub. Esov Yoqubga qasam ichdi. Shunday qilib, u to‘ng‘ichlik huquqini Yoqubga sotdi. 34 Shundan keyin Yoqub Esovga non bilan yasmiq shavla berdi. Esov yeb–ichib, o‘rnidan turdi–da, o‘z ishlari bilan chiqib ketdi. Shunday qilib, Esov o‘zining to‘ng‘ichlik huquqini mensimadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling