Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23–BOB Sora vafot etib, dafn qilinadi
Naxo‘rning nasli
20 Shundan keyin Ibrohim: “Ukang Naxo‘rning xotini Milxo sakkiz nafar o‘g‘il tuqqan” degan xabarni eshitdi. 21 To‘ng‘ich o‘g‘lining ismi Uz, keyingisining oti Buz, undan keyingisiniki Kamuvol (Kamuvol Oramning otasi bo‘ldi), 22 Xosit, Xazo, Pildash, Yidlaf, Batuval edi. 23 Batuval bir qiz ko‘rib, otini Rivqo qo‘ydi. 24 Milxo tug‘ib bergan sakkiz nafar o‘g‘lidan tashqari, Naxo‘rning Ravumo degan cho‘risi* ham unga to‘rt o‘g‘il tug‘ib berdi. Bu o‘g‘illarining ismi Tavax, Gaxam, Taxash va Maxo edi. 23–BOB Sora vafot etib, dafn qilinadi 1 Sora 127 yoshida, 2 Kan’on yurtidagi Xirat–Arbada vafot etdi. (Xirat–Arba hozir Xevron deb yuritiladi.) Ibrohim Soraga aza tutib, yig‘ladi. 3 U Soraning jasadini qoldirib, Xet xalqidan* bo‘lgan oqsoqollar oldiga bordi va ularga dedi: 4 — Men sizlarning orangizda yashayotgan bir musofirman. Iltimos, menga yeringizdan ozgina joyini sotinglar, toki marhumamni dafn qilay. 5 Xet xalqidan bo‘lgan oqsoqollar Ibrohimga shunday javob berishdi: 6 — Gapimizga quloq soling, to‘ram! Biz sizni ulug‘ bek deb hisoblaymiz. Xotiningizni dafn qilishingiz uchun joylarimizdan eng yaxshisini tanlab oling. Marhumangizni dafn qilishingiz uchun birortamiz sizdan maqbara uchun yer ayamaymiz. 7 Ibrohim ularga egilib ta’zim qildi. 8 Keyin dedi: — Marhumamni dafn qilishimga rozi ekansizlar, endi mening gapimga quloq solinglar, Zo‘xar o‘g‘li Efro‘nga mening iltimosimni yetkazinglar. 9 U o‘zining Maxpaladagi dalasining chetida joylashgan g‘orni menga sotsin. Men g‘orning to‘liq narxini to‘layman, toki sizlarning guvohligingizda g‘or mening xonadonim uchun maqbara bo‘lsin. 10 Efro‘n shu paytda shahar darvozasida* yig‘ilgan o‘z xalqi orasida o‘tirgan edi. U jamiki Xet xalqiga eshittirib, Ibrohimga shunday javob berdi: 11 — To‘ram, endi mening gapimni eshitsinlar. Men dalamni, dalamdagi g‘orni ham sizga in’om qilaman. Xalqimning guvohligida bularni sizga beraman. Marhumangizni dafn qilavering. 12 Ibrohim yurt xalqiga yana ta’zim qildi. 13 U yurt xalqiga eshittirib, Efro‘nga shunday javob berdi: — Rahmat, lekin men butun dalangiz uchun kumush to‘lab, sotib olay, toki marhumamni u yerga olib borib, dafn qilay. Iltimos, mening taklifimni rad etmang. 14-15 — E to‘ram, — dedi Efro‘n Ibrohimga, — to‘rt yuz bo‘lak kumush* turadigan bir parcha yer bizning oramizda nima bo‘pti?! Marhumangizni dafn qilavering. Ibtido 29 16 Ibrohim rozi bo‘lib, Efro‘n hammaga eshittirib aytgan to‘rt yuz bo‘lak kumushni unga tortib berdi. Bu o‘lchov savdogarlar orasida muomalada edi. 17 Shunday qilib, Efro‘nning Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi mulki Ibrohimga o‘tdi. Mulk dalani, daladagi g‘orni va dalaning chetidagi hamma daraxtlarni o‘z ichiga olar edi. 18 Bular shahar darvozasida yig‘ilgan Xet xalqining guvohligida Ibrohimning doimiy mulki bo‘lib qoldi. 19 Shundan keyin Ibrohim Kan’on yurtida Mamre sharqidagi Maxpala dalasining chetida joylashgan g‘orga xotini Sorani dafn qildi. (Mamre Xevronda joylashgan.) 20 Shunday qilib, Xet xalqiga qarashli bo‘lgan dala va u yerdagi g‘or maqbara sifatida Ibrohimning doimiy mulki bo‘lib qoldi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling