Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Is’hoq Yoqubni Lobonning huzuriga jo‘natadi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Is’hoq Yoqubni Lobonning huzuriga jo‘natadi 
46 
Shundan keyin Rivqo Is’hoqqa dedi: 
— Esovning anavi Xet* xotinlari dastidan jonimdan to‘ydim. Agar Yoqub ham 
o‘shalarga o‘xshagan birorta Xet qiziga uylansa, unda hayotim nima kechadi? 
28–BOB 

Shunday qilib, Is’hoq Yoqubni chaqirtirib, uni duo qildi va shunday maslahat berdi: 
— Kan’onlik qizlarga uylanma. 

Hoziroq Paddon–Oramga* — bobong Batuvalning 
xonadoniga jo‘na. U yerda tog‘ang Lobonning qizlaridan birortasiga uylan. 

Qodir Xudo 
baraka berib, seni ko‘paytirsin. Sening naslingdan ko‘p xalqlar kelib chiqsin. 

Xudo 
Ibrohimga va’da qilgan barakasini senga va sening naslingga ato qilsin. Biz hozir 


Ibtido
38 
musofir bo‘lib yashayotgan, Xudo Ibrohimga bergan shu yurt sening mulking bo‘lsin. 

Shunday qilib, Is’hoq Yoqubni jo‘natdi. Yoqub Paddon–Oramga — Oramlik* 
Batuvalning o‘g‘li, tog‘asi Lobonnikiga ketdi. 
Esov boshqa xotinga uylanadi 
6-7 
Esov eshitdiki, otasi Yoqubni duo qilib, uni Paddon–Oramga jo‘natibdi. Yoqub ota–
onasining gaplariga itoat etib, Paddon–Oramga ketibdi. Otasi Yoqubga: “O‘sha yerdan 
uylangin”, debdi, “Kan’onlik qizlarga uylanma”, deb ogohlantiribdi. 

Kan’onlik xotinlari 
otasiga yoqmasligini Esov tushunib yetdi. 

Esov amakisi Ismoilning xonadoniga bordi 
va xotinlari ustiga, Ibrohim o‘g‘li Ismoilning qizlaridan biriga uylandi. Yangi xotinining 
ismi Maxalat edi. Maxalatning Navayot* degan akasi ham bor edi. 
Yoqub Baytilda tush ko‘radi 
10 
Yoqub Bersheba shahridan chiqib, Xoron* tomonga qarab ketdi. 
11 
U bir joyga 
yetib kelganda, kun botgan edi. Shuning uchun o‘sha yerda tunashga to‘xtadi. U bir tosh 
topdi–da, toshni boshining ostiga qo‘yib uxlagani yotdi. 
12 
Bir payt u tushida bir 
zinapoyani* ko‘rdi. Zinapoyaning pasti yerga, tepasi esa osmonga tegib turganmish. 
Xudoning farishtalari zinapoyadan chiqib, tushayotgan emishlar. 
13 
Zinapoyaning 
yonida* Egamiz turgan emish. Egamiz Yoqubga shunday debdi: 
— Men bobong Ibrohimning, otang Is’hoqning Xudosi — Egangman. Hozir sen 
yotgan yer o‘zingniki bo‘ladi. Bu yerni senga va sening naslingga beraman. 
14 
Sening 
nasling yerning qumi singari son–sanoqsiz bo‘ladi. Ular g‘arbu sharqqa, shimolu janubga 
qarab yer yuziga yoyilib ketadilar. Yer yuzidagi hamma xalqlar sen va sening nasling 
orqali baraka topadi. 
15 
Shuni bilginki, Men sen bilan birgaman, qayerga bormagin, Men 
seni saqlayman. Shu yurtga seni yana qaytarib olib kelaman. Men seni hech qachon tark 
etmayman, bergan va’dalarimni oxirigacha bajaraman. 
16 
Yoqub uyg‘onib ketdi va: “Haqiqatan ham Egamiz shu yerda ekan, men esa buni 
bilmabman”, dedi. 
17 
U qo‘rqib ketdi: “Bu joy Xudoning uyi ekan, samoga ochiladigan 
darvozaning o‘zi! Naqadar qo‘rqinchli–ya bu joy!” dedi. 
18 
Yoqub saharda turdi. Boshining ostiga qo‘ygan toshni olib, yodgorlik qilib o‘rnatdi. 
Keyin yodgorlik toshining ustidan Xudoga atab zaytun moyi quydi. 
19 
Ilgari bu joyning 
nomi Luz edi. Yoqub esa bu joyga Baytil* deb nom berdi. 
20 
So‘ng Yoqub quyidagicha 
qasam ichdi: “Agar Xudo men bilan birga bo‘lsa, boradigan shu yo‘limda meni asrasa, 
menga rizq–ro‘zimni va kiyim bersa, 
21 
otamning xonadoniga eson–omon qaytarib olib 
kelsa, Egam mening Xudoyim bo‘ladi. 
22 
Men yodgorlik qilib o‘rnatgan shu tosh Xudoga 
sajda qiladigan joy bo‘ladi. Xudo menga bergan hamma narsaning o‘ndan birini ushr 
qilib albatta beraman.” 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling