Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yoqub Lobonning uyiga keladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97
Bog'liq
Gen Part

29–BOB 
Yoqub Lobonning uyiga keladi 

Yoqub yo‘lida davom etib, nihoyat, sharqdagi yurtga yetib keldi. 

U dashtda bir 
quduqni uzoqdan turib ko‘rdi. Quduq yonida uch to‘p poda yotardi. Chorva shu 
quduqdan sug‘orilar, quduqning og‘zi kattakon tosh bilan yopib qo‘yilardi. 

Cho‘ponlar 
hamma qo‘y–echkilarni u yerga haydab kelganlaridan keyin, quduqning og‘zidagi toshni 
surishib, qo‘ylarni sug‘orishardi–da, quduqning og‘zini yana o‘sha tosh bilan berkitib 


Ibtido
39 
qo‘yishardi. 

Yoqub cho‘ponlarning oldiga borib, ulardan: 
— Birodarlar, qayerliksizlar? — deb so‘radi. 
— Xorondanmiz*, — deb javob berishdi ular. 

— Lobon degan odamni taniysizlarmi? — deb so‘radi Yoqub, — u Naxo‘rning 
nabirasi bo‘ladi. 
— Ha, taniymiz, — deb javob berishdi cho‘ponlar. 

— Lobon tinch–omonmi? — deb so‘radi Yoqub. 
— Yaxshi, — deb javob berishdi cho‘ponlar. — Ana, uning qizi Rohila ham qo‘ylarini 
haydab shu yoqqa kelyapti. 

— Suruvni bir joyga to‘plabsizlar, lekin hozir payti emas–ku, oqshomgacha hali 
erta! — dedi Yoqub. — Qo‘ylarni sug‘orib, o‘tlatgani qaytarib olib bormaysizlarmi? 

Cho‘ponlar shunday javob berishdi: 
— Hamma suruvni bu yerga to‘plab, toshni quduqning og‘zidan surganimizdan 
keyingina qo‘ylarni sug‘oramiz. 

Yoqub cho‘ponlar bilan gaplashib turganda, Rohila otasining qo‘ylarini haydab 
kelib qoldi. Rohila cho‘ponlik qilardi. 
10 
Yoqub tog‘asi Lobonning qizi Rohilani va uning 
qo‘ylarini ko‘rdi. Quduq yoniga borib, quduq og‘zidagi toshni surdi–da, tog‘asining 
qo‘ylarini sug‘ordi. 
11 
Keyin Rohilani o‘pdi, xursandligidan ko‘zlariga yosh keldi. 
12 
— Men otangning jiyaniman, ammang Rivqoning o‘g‘liman, — deb Yoqub o‘zini 
tanishtirdi. 
Rohila yugurib borib, otasiga xabar berdi. 
13 
Lobon, singlimning o‘g‘li kelibdi, deb eshitdi–yu, o‘sha zahoti, Yoqubni kutib 
olishga shoshildi. Yoqub bilan quchoqlashib ko‘rishdi. Lobon Yoqubni uyiga olib keldi. 
Yoqub boshidan kechirganlarini tog‘asiga aytib berdi. 
14 
— Sen mening jigarimsan, oilamning bir a’zosisan, — dedi Lobon. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling