Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Yoqub Paniyolda kurash tushadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- 33–BOB Yoqub bilan Esov uchrashadi
Yoqub Paniyolda kurash tushadi
22 O‘sha kuni tunda Yoqub o‘rnidan turdi. Ikkala xotinini, ikkala cho‘risini*, o‘n bitta bolasini Yavoq daryosi* kechuvidan o‘tkazdi. 23 Ular daryoning narigi qirg‘og‘iga o‘tib bo‘lganlaridan keyin, butun mol–mulkini ham o‘tkazdi. 24 Yoqub daryoning bu tomonida Ibtido 46 yolg‘iz o‘zi qoldi. O‘sha yerda bir odam bilan tong otguncha kurashdi. 25 O‘sha odam ko‘rdiki, Yoqubni mag‘lub qila olmas ekan. Bir payt u Yoqubning bo‘ksasiga* bir urgan edi, soni bo‘g‘inidan chiqib ketdi. 26 — Meni qo‘yib yubor, tong otyapti, — dedi o‘sha odam. — Meni duo qilmasang, ketkizmayman, — hansirab dedi Yoqub. 27 — Isming nima? — deb so‘radi o‘sha odam. — Yoqub, — deb javob berdi u. 28 — Bundan keyin sening isming Yoqub emas, Isroil* bo‘lsin, — dedi o‘sha odam. — Chunki sen Xudo va insonlar bilan olishib, g‘olib chiqding. 29 — Iltimos, ismingni ayt! — dedi Yoqub. — Nimaga Mening ismimni so‘rayapsan? — deb so‘radi o‘sha odam. Shunday dedi– yu, u Yoqubni duo qildi. 30 Yoqub: “Xudo bilan yuzma–yuz bo‘libman–u, hayotim saqlanib qolibdi–ya”*, deb bu joyga Paniyol* degan nom berdi. 31 Yoqub Paniyoldan* ketayotganda, quyosh chiqqan edi. Soni og‘riyotgani uchun u oqsoqlanib yurardi. 32 O‘sha odam Yoqubning bo‘ksasiga urgani sababli, Isroil xalqi o‘sha tunda yuz bergan voqeaning xotiri uchun bugungacha* sonning payini yemaydi. 33–BOB Yoqub bilan Esov uchrashadi 1 Yoqub qarasa, Esov kelayotgan ekan, yonida to‘rt yuzta odami ham bor. Yoqub bolalarini Leaxga, Rohilaga va ikkala cho‘risiga* taqsimladi. 2 Cho‘rilari bilan ularning bolalarini eng oldinga, Leax bilan uning bolalarini ulardan keyin, Rohila bilan Yusufni esa oxiriga qo‘ydi. 3 Yoqubning o‘zi ularning oldida bordi. Akasining oldiga yetib borguncha yetti marta egilib ta’zim qildi. 4 Esov ham ukasini kutib olgani yugurib borib, uni quchoqlab oldi. Yoqubning bo‘yniga osilib, o‘pdi. Ikkovi ham yig‘lar edi. 5 Esov ayollarga va bolalarga qarab: — Yoningdagi bu odamlar senga kim bo‘ladi? — deb so‘radi. — Men, qulingizga Xudo inoyat qilib bergan bolalarim, — dedi Yoqub. 6 Shundan keyin cho‘rilar bilan ularning bolalari Esovning oldiga kelishib, unga egilib ta’zim qildilar. 7 Ulardan keyin Leax bilan uning bolalari yaqin kelib, egilib ta’zim qilishdi. Oxirida Yusuf bilan Rohila yaqin kelib, egilib ta’zim qildilar. 8 — Menga suruvlaru podalar jo‘natibsan, bundan maqsading nima edi? — deb so‘radi Esov. — Hazratimning iltifotiga sazovor bo‘lishim uchun hadya qilib yuborgan edim, — deb javob berdi Yoqub. 9 — Rahmat, uka, o‘zimniki juda ko‘p, o‘zingniki o‘zingga buyursin, — dedi Esov. 10 — Yo‘q, iltimos, agar meni iltifotingizga sazovor bilsangiz, hadyalarimni olasiz, — deb turib oldi Yoqub. — Siz meni shunday yaxshi kutib oldingizki, men uchun sizning yuzingizni ko‘rish — Xudoning yuzini ko‘rishga o‘xshaydi. 11 Iltimos qilaman, hadyalarimni oling. Xudo menga inoyat qilib, kerakli hamma narsani berdi. Yoqub qattiq iltimos qilavergandan keyin, oxiri, Esov hadyalarni olishga rozi bo‘ldi. 12 — Qani, endi ketaylik, men senga yo‘l ko‘rsatib boraman. 13 Yoqub esa shunday dedi: — O‘zingiz ko‘rib turibsiz, hazratim, bolalarim chiniqmagan, qo‘y–sigirlarim ham Ibtido 47 bolalagan. Qo‘y–sigirlarimni bir kungina qistab haydasalar, butun chorva nobud bo‘ladi. 14 Shuning uchun mendan oldinda ketaversangiz. Men chorvaning yurishiga va bolalarning qadamiga qarab sekin boraveraman. Siz bilan Seir yurtida* uchrashamiz. 15 — Bo‘pti, bo‘lmasa, odamlarimdan ba’zilarini sen bilan qoldiray, ham sizlarga yo‘l ko‘rsatib boradi, ham qo‘riqlab ketadi, — dedi Esov. — Nima qilasiz ovora bo‘lib?! Menga ko‘p mehribonlik ko‘rsatyapsiz, shunga ham rahmat. 16 Esov o‘sha kuni Seirga qaytib ketdi. 17 Yoqub esa oilasi bilan Suxotga qarab ketdi. U yerda o‘ziga bir uy, chorvasi uchun qo‘ralar qurdi. Shuning uchun bu joyga Suxot* deb nom berildi. 18 Shunday qilib, Yoqub Paddon–Oramdan* Kan’on yurtidagi Shakam shahriga* eson–omon qaytib keldi. Shahar tashqarisida chodirlarini tikdi. 19 U chodir tikkan joylar Xamo‘r degan odamning o‘g‘illariga qarashli mulk edi. Xamo‘r Shakamning otasi edi. Yoqub bu joylarni Xamo‘rning o‘g‘illaridan yuz bo‘lak kumushga* sotib oldi. 20 Bu yerda u qurbongoh qurib, bu joyni “Xudo Isroilning Xudosidir”* deb atadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling