Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Lobon Yoqubni quvadi 
22 
Oradan uch kun o‘tgach, Lobonga: “Yoqub qochib ketibdi” degan xabar yetib bordi. 
23 
Lobon qarindosh–urug‘idan erkaklarni yoniga olib, Yoqubni quvib ketdi. Yoqubni yetti 
kun quvlagandan keyin, oxiri Gilad qirlarida unga yetib oldi. 
24 
Lekin o‘sha kuni kechasi 
Lobon tush ko‘rdi. Tushida Xudo zohir bo‘lib: “Ehtiyot bo‘l, Yoqubga yaxshi–yomon gap 
qilib yurma”, dedi. 
25 
Lobon Yoqubga yetib olganda, Yoqub Gilad qirlarida chodir tikkan edi. Lobon ham 
qarindosh–urug‘lari bilan Yoqubga yaqinroq joyga chodirini tikdi. 
26 
Lobon Yoqubga: 
— Bu nima qilganing? Meni aldab ketibsan–ku! — dedi. — Qizlarimni ham, xuddi 
urushdagi asiralarday, o‘g‘irlab ketibsan. 
27 
Nimaga meni aldab, hech narsa demasdan, 
yashirincha qochib qolding? Agar bir og‘iz aytganingda, childirma, lira chalib, o‘yin–
kulgi qilib, xursandchilik bilan kuzatib qo‘ygan bo‘lardim. 
28 
Sen hatto nevaralarim bilan 
qizlarimni o‘pib, yaxshi boringlar, deb aytishimga ham imkon bermading. Qilgan ishing 
— g‘irt ahmoqlik. 
29 
Senga yomonlik qilishga kuchim yetadi. Lekin kecha tunda 
otangning Xudosi menga zohir bo‘lib: “Ehtiyot bo‘l, Yoqubga yaxshi–yomon gap qilib 
yurma”, deb aytdi. 
30 
Ahvolingni tushunaman, otangning uyini sog‘ingansan, shuning 
uchun ketgansan. Lekin nimaga xudolarimni o‘g‘irlading? 
31 
— Qizlaringizni mendan tortib olasiz, deb o‘ylab, qo‘rqqan edim, — dedi Yoqub. 
32 
— Lekin sizning xudolaringizga kelsak, ularni kim olgan bo‘lsa, o‘ldirilsin. 
Qarindoshlarimizning guvohligida narsalaringizni izlab ko‘ring. Agar sizning 
narsalaringiz bo‘lsa, olavering. 
Lobonning xudolarini Rohila o‘g‘irlaganini Yoqub bilmas edi. 
33 
Lobon xudolarini qidirib, avvalo Yoqubning chodiridan izladi. Keyin Leaxning 
chodiriga, undan keyin ikkala cho‘rining* chodiriga kirdi, lekin xudolarini topa olmadi. 
Oxirida Rohilaning chodiriga kirdi. 
34 
Rohila xudolarni tuya egarining ichiga yashirib, 
o‘zi egarga o‘tirib olgan edi. Lobon chodirning hamma yog‘ini axtarsa ham, xudolarini 
topa olmadi. 
35 
Rohila otasiga: 
— Sizning oldingizda o‘rnimdan turmaganim uchun mendan jahlingiz chiqmasin
otajon, — dedi. — Hozir ayollar kasaliga yo‘liqqan paytim. 
Lobon xudolarini qancha qidirmasin, topa olmadi. 
36 
Yoqub qattiq g‘azablanib, Lobonni urishib berdi: 
— Aybim nima ekan?! Qaysi gunohim uchun meni ta’qib qilyapsiz?! 
37 
Hamma 
narsalarimni titkilab chiqdingiz. Endi menga ko‘rsating–chi, biror narsangizni 
topdingizmi? Topgan bo‘lsangiz, qani, qarindosh–urug‘larimiz oldiga o‘sha narsalarni 
qo‘ying, ikkalamizdan qaysi birimiz haq ekanimizni ular hukm qilsin! 
38 
Yigirma yil men 


Ibtido
44 
sizning eshigingizda bo‘ldim. Ana shu davrda bironta sovliq qo‘yingiz, echkingiz chala 
tug‘ib qo‘ymadi, suruvingizdan bironta qo‘chqorni yeb qo‘ymadim. 
39 
Yovvoyi hayvonlar 
bo‘g‘izlab tashlaganlarini sizga ko‘rsatmasdan, zararni o‘z bo‘ynimga olardim. Qo‘yingiz 
kunduzi yo‘qolganmi, yoki kechasi yo‘qolganmi, baribir, siz mendan talab qilardingiz. 
40 
Kunduzi jazirama issiqda, kechalari sovuqda, tunlarni uyqusiz o‘tkazib, sizga xizmat 
qildim. 
41 
Yigirma yil sizning xonadoningizda bo‘ldim: o‘n to‘rt yil — ikkala qizingiz 
uchun, olti yil — qo‘y–echkilarga ega bo‘lishim uchun xizmat qildim. Xizmat haqimni o‘n 
marta o‘zgartirdingiz. 
42 
Agar bobom Ibrohimning Xudosi, otam Is’hoq sajda qiladigan 
Xudo* men bilan bo‘lmaganda edi, shubhasiz, siz meni quppa–quruq qaytargan 
bo‘lardingiz. Lekin Xudo mening qiynalganimni, og‘ir mehnatimni ko‘rdi. Shu sababdan 
U o‘tgan kecha sizga zohir bo‘lib, nohaqligingizni aytgan. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling