Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Yoqub bilan Lobon o‘rtasidagi ahd
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Yoqub bilan Lobon o‘rtasidagi ahd
43 Shundan keyin Lobon Yoqubga dedi: — Mana bu ayollar — mening qizlarim, mana bu bolalar — mening nabiralarim, qo‘y–echkilar ham meniki. Sen ko‘rib turgan hamma narsa — meniki. Lekin hozir o‘z qizlarimga, nabiralarimga biror narsa qila olarmidim?! 44 Kel, endi ikkovimiz ahd qilaylik, toki bu ahd ikkovimiz yarashganimizni isbotlasin. 45 Yoqub bir toshni olib, yodgorlik qilib qo‘ydi. 46 Keyin u qarindosh–urug‘lariga: “Tosh to‘plab kelinglar!” dedi. Ular ham tosh to‘plab, bir uyum hosil qilishdi va o‘sha tosh uyumining yonida tamaddi qilishdi. 47 Bu joy Lobonning tilida Yogar–Saduto, Yoqubning tilida Galed* deb ataladigan bo‘ldi. 48 Lobon: “Bu tosh uyumi bugun sen bilan mening oramizda guvohdir”, deb bu joyni Galed deb ataydigan bo‘ldi. 49 Shuningdek, u: “Biz bir–birimizdan ayrilganimizdan keyin, Egam sen bilan meni kuzatib tursin”, deb bu joyni Mispax* deb atadi. So‘ng shunday dedi: 50 — Agar qizlarimning dilini og‘ritsang yoki ularning ustiga xotin olsang, esingda tut, hatto men bilmagan taqdirda ham, Xudo ko‘rib turadi. Uning O‘zi sen bilan mening o‘rtamizda guvohdir. 51 So‘ng Lobon Yoqubga yana dedi: — Ikkovimizning o‘rtamizda men o‘rnatgan mana bu tosh uyumi bilan ustunga qara. 52 Bular bizning ontimizga guvoh bo‘lib, ikkovimizning o‘rtamizda turibdi. Men senga zarar yetkazish niyatida bu tosh uyumidan nariga o‘tmayman, sen ham menga zarar yetkazish niyatida bu tosh uyumi va ustundan beriga o‘tmasliging lozim. 53 Ota– bobolarimizning Xudosi — sening bobong Ibrohimning Xudosi va mening bobom Naxo‘rning Xudosi — o‘rtamizda hakam bo‘lsin. Shunday qilib, Yoqub otasi Is’hoq sajda qiladigan Xudo nomi bilan qasam ichdi. 54 Yoqub qurbonlik qilib, hammani ziyofatga taklif qildi. Ular tunni qirda o‘tkazishdi. 55 Ertasiga Lobon saharda turdi. Qizlarini, nabiralarini o‘pib, hammalarini duo qildi. So‘ngra uyiga qaytib ketdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling