Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Yusufni akalari sotib yuborishadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Yusufni akalari sotib yuborishadi
12 Bir kuni Yusufning akalari otalarining qo‘y–echkilarini boqish uchun Shakamga* ketishdi. 13 Yoqub Yusufga: — Akalaring Shakamda qo‘y–echkilarni boqishyapti, — dedi. — Seni akalaring oldiga yuborsam, degandim. — Xo‘p bo‘ladi, otajon, — dedi Yusuf. 14 — Borib bil–chi, akalaring tinch–omon yurishibdimikan, qo‘y–echkilarning ahvoli yaxshimikan, — dedi Yoqub, — keyin menga xabarini olib kel. Shunday qilib, Yoqub Yusufni Xevron vodiysidan yo‘lga jo‘natdi. Yusuf Shakamga yetib keldi. 15 O‘sha atrofda aylanib yurgan edi, bir odam uni ko‘rib qoldi. — Nimani izlab yuribsan? — deb so‘radi haligi odam. 16 — Akalarimni izlab yuribman, — dedi Yusuf. — Mabodo bilmaysizmi, qo‘y– echkilarni qayerda boqib yurishibdi ekan? 17 — Ular bu yerdan ketishgan, — dedi o‘sha odam. — Akalaring, Do‘tanga* boramiz, deb aytganlarini eshitgan edim. Yusuf akalarini izlab Do‘tanga ketdi. Ularni o‘sha yerdan topdi. 18 Ular uzoqdan Yusufni ko‘rishdi. Yusuf kelmasdan oldin, akalari uni o‘ldirish uchun fitna tayyorlab qo‘ydilar. 19 Ular bir–birlariga: — Ana, tush ko‘ruvchi kelyapti, — deyishdi. 20 — Kelinglar, uni o‘ldirib, chuqur sardobaga tashlaymiz. Uni yovvoyi hayvon yeb ketdi, deb gap tarqatamiz. O‘shanda ko‘ramiz uning tushlari haqiqatga aylanishini! Ibtido 53 21 Lekin Ruben Yusufni ularning qo‘lidan qutqarmoqchi bo‘ldi: — Uning joniga qasd qilmaylik, 22 — dedi Ruben, — qon to‘kmaylik. Uni anavi sardobaga tiriklayin tashlab yubora qolaylik. Zinhor unga qo‘l tekkizmaylik. Ruben Yusufni ularning qo‘lidan qutqarib, otasi yoniga qaytarmoqchi edi. 23 Shunday qilib, Yusuf yetib kelgach, akalari uning beqasam choponini yechib oldilar–da, 24 o‘zini sardobaga tashlab yubordilar. Sardoba suv saqlash uchun foydalanilardi–yu, o‘sha paytda quruq edi. 25 Shundan keyin ular ovqatlanib o‘tirishgan edi, uzoqdan shu tomonga kelayotgan tuyalar karvonini ko‘rib qolishdi. Karvon Ismoiliy savdogarlari bo‘lib, tuyalarga Giladdan xushbo‘y ziravorlar, mumiyo, mirra* yuklab, Misrga olib ketishayotgan edi. 26 Shunda Yahudo aka–ukalariga dedi: — Ukamizni o‘ldirib, qonini yashirganimiz bilan biror foyda toparmidik?! 27 Yaxshisi, anavi savdogarlarga sotaylik. Shunda uning o‘limida javobgar bo‘lib qolmaymiz. Nima bo‘lganda ham, u ukamiz, jigarimiz–ku! Hamma aka–ukalari rozi bo‘lishdi. 28 Ismoiliy* savdogarlari o‘tib ketishayotganda, Yusufni akalari sardobadan tortib chiqardilar va uni yigirma bo‘lak kumushga* sotdilar. Savdogarlar Yusufni Misrga olib ketdilar. 29 Bir payt Ruben sardoba oldiga qaytib kelib qarasa, sardobada Yusuf yo‘q. Ruben qayg‘udan kiyimlarini yirtdi. 30 U ukalari oldiga qaytib keldi va: — Bola u yerda yo‘q! Endi nima qilaman–a! — deb yig‘ladi. 31 So‘ng ular bir echkini so‘yib, Yusufning choponini echkining qoniga botirdilar. 32 Ular beqasam choponni otalariga olib keldilar. — Mana bu choponni daladan topib oldik. Qarang–chi, bu Yusufning choponimikan yoki yo‘qmi? 33 Yoqub Yusufning choponini tanidi. — Evoh! Bu o‘g‘limning choponi–ku! Yusuf o‘g‘limni birorta yovvoyi hayvon yegan! O‘g‘ilginam tilka–pora bo‘lgan! 34 Yoqub qayg‘udan kiyimlarini yirtib, qanorga o‘randi*. O‘g‘li uchun uzoq vaqt aza tutdi. 35 O‘g‘illari, qizlari unga tasalli berishga harakat qilishardi. Lekin u tasalli topishni istamasdi. “O‘liklar diyoriga*, o‘g‘limning oldiga borgunimcha aza tutaman”, deb aytardi. Shunday qilib, Yoqub o‘g‘liga aza tutaverdi. 36 Shu orada Ismoiliy savdogarlari Yusufni Misrda Po‘tifar degan odamga sotishdi. Po‘tifar Misr shohi — fir’avnning a’yonlaridan biri — saroy qo‘riqchilarining boshlig‘i edi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling