Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Edomning tub aholisi 
20-21 
Edom yurtining tub aholisi qabilalarga bo‘lingan edi. Bu qabilalarning ota–
bobosi Seir degan odam bo‘lib, u Xorim xalqidan edi. Seirning quyidagi nasllari 
urug‘larga asos soldi: 


Ibtido
51 
Lo‘ton, Sho‘val, Zibo‘n, Anah, Dishon, Ezer va Dishan. 
22 
Lo‘tonning o‘g‘illari ismi Xo‘ri va Xo‘mam* edi. Lo‘tonning Timna degan singlisi 
ham bor edi. 
23 
Sho‘valning o‘g‘illari ismi Eliyon*, Monaxat, Ebal, Shafo va O‘nam edi. 
24 
Zibo‘nning o‘g‘illari ismi Oyo va Anah edi. Anah otasi Zibo‘nning eshaklarini 
boqib yurganda, sahroda issiq buloqlar* topgan edi. 
25 
Anahning Dishon degan o‘g‘li va Oxolibom degan qizi bor edi. 
26 
Dishonning o‘g‘illari ismi Xamdon, Eshbon, Yitron va Xeron edi. 
27 
Ezerning o‘g‘illari ismi Bilxan, Zavon va Oqon edi. 
28 
Dishanning o‘g‘illari ismi Uz va Oron edi. 
29 
Shunday qilib, quyidagilar Xorim xalqi urug‘larining yo‘lboshchilari bo‘ldi: Lo‘ton, 
Sho‘val, Zibo‘n, Anah, 
30 
Dishon, Ezer va Dishan. Xorim xalqining urug‘lari Seir yurtida 
yashagan urug‘ yo‘lboshchilari nomi bilan yuritilgan. 
Edom shohlari 
31 
Hali Isroilda shohlar bo‘lmasdan oldin ham, Edomda shohlar hukmronlik qilgan 
edi. Bu shohlar quyidagilardir: 
32 
Bavo‘r o‘g‘li Belax, u Dinxaba shahridan edi. 
33 
Belax vafot etgach, uning o‘rniga Zerax o‘g‘li Yo‘vov shoh bo‘ldi. U Bozrax 
shahridan edi. 
34 
Yo‘vov vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Xushom shoh bo‘ldi. U Temon 
yurtidan edi. 
35 
Xushom vafot etgach, uning o‘rniga Badad o‘g‘li Hadad shoh bo‘ldi. U Obit 
shahridan edi. Hadad Mo‘ab yurtida Midiyon lashkarini qirib tashlagan edi. 
36 
Hadad vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Samlo shoh bo‘ldi. U Masrixo 
shahridan edi. 
37 
Samlo vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Shovul shoh bo‘ldi. U Furot daryosi* 
bo‘yidagi Rexobo‘t shahridan edi. 
38 
Shovul vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Axbor o‘g‘li Baalxanon shoh bo‘ldi. 
39 
Baalxanon vafot etgandan keyin, uning o‘rniga Hadad* shoh bo‘ldi. U Pog‘u 
shahridan edi. Hadadning xotini Maxitaval edi, Maxitavalning otasi — Matrid, 
bobosi Mezaxab edi. 
40 
Esov urug‘larining yo‘lboshchilari nomlari quyidagichadir: Timno, Elvo, Yetet, 
41 
Oxolibom, Elox, Pinon, 
42 
Xanaz, Temon, Mivzar, 
43 
Maxdiyol va Irom. Edom xalqining 
ota–bobosi Esov urug‘larining nomlari ana shulardir. Har bir urug‘ o‘zi egallagan 
hududga o‘zining nomini bergan. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling