Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yusuf va uning akalari


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97
Bog'liq
Gen Part

37–BOB 
Yusuf va uning akalari 

Is’hoq vafot etgandan keyin, Yoqub yana Kan’on yurtida — otasi yashagan yurtda 
o‘rnashdi. 

Yoqubning xonadoni tarixi quyidagichadir: 


Ibtido
52 
Yusuf o‘n yetti yoshga kirganda, ko‘pincha o‘gay akalari — Bilxax va Zilponing 
o‘g‘illari* bilan birga otasining qo‘y–echkilarini boqqani borar edi. Yusuf akalari 
qilayotgan ba’zi yomon ishlardan otasini xabardor qilib turar edi. 

Yoqub* Yusufni 
qarigan chog‘ida ko‘rgani uchun boshqa o‘g‘illariga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘rar edi. 
Yoqub Yusufga beqasam chopon* olib berdi. 

Akalari ko‘rdilarki, otalari Yusufni ulardan 
ortiq yaxshi ko‘rar ekan. Shuning uchun akalari Yusufni yomon ko‘rib qoldilar, unga 
yaxshi gapirmasdilar. 

Kunlarning birida Yusuf tush ko‘rdi. U akalariga tushini aytib berganda, akalari 
Yusufni battar yomon ko‘rib qoldilar. 

Yusuf akalariga shunday dedi: 
— Quloq solinglar, ko‘rgan tushimni sizlarga aytib beray. 

Biz dalada bug‘doy 
bog‘layotgan ekanmiz. Birdan mening bog‘lamim ko‘tarilib, tik turdi. Sizlarning 
bog‘lamlaringiz mening bog‘lamimni o‘rab olib, ta’zim qilayotgan emish. 

— Eh–ha, sen hali bizning ustimizdan shoh bo‘lmoqchimisan, sen–a?! — deb 
akalari kinoya bilan undan so‘rashdi. Ko‘rgan tushini aytib bergani uchun akalari uni 
yana ham yomon ko‘rib qolishgan edi. 

Keyinroq Yusuf yana tush ko‘rdi va tushini akalariga aytib berdi: 
— Qaranglar, yana tush ko‘ribman. Tushimda quyosh, oy va o‘n bitta yulduz menga 
ta’zim qilib turgan emish. 
10 
Lekin Yusuf tushini otasi bilan akalariga aytib berganda, otasi unga tanbeh berdi: 
— Qanaqa tush ko‘rding o‘zi?! Men, onang, akalaring sening oldingga kelib, tiz 
cho‘kishimiz kerak ekan–da?! 
11 
Akalari Yusufga hasad qilishardi. Lekin otasi bu voqeani doimo esida tutdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling