Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yusufning akalari Kan’onga qaytishadi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yusufning akalari Kan’onga qaytishadi 
25 
Shundan keyin Yusuf xizmatkorlariga shunday buyruq berdi: “Bu odamlarning 
qoplarini donga to‘ldirib beringlar. Har birining kumushlarini* qopiga qaytarib solib 
qo‘yinglar, ularga yo‘l uchun kerakli oziq–ovqat beringlar.” Hammasi Yusuf 
buyurganday bo‘ldi. 
26 
Aka–ukalar donlarni eshaklariga yuklab, yo‘lga tushdilar. 
27 
Kechasi bir joyda tunagani to‘xtadilar. Ulardan biri qopini ochib, eshagiga yem 
olmoqchi bo‘lgan edi, qarasa, qop ichida kumushlari turibdi! 
28 
U aka–ukalariga: “Voy, 
qaranglar! Mana kumushlarim! Qopimning ichida ekan!” deb hayratlandi. Shunda 
ularning yuraklari qinidan chiqquday bo‘lib qaltirab, bir–birlariga: “Endi Xudo 
boshimizga nima solyapti ekan–a?!” der edilar. 
29 
Ular Kan’on yurtiga — otalari huzuriga qaytib kelganlaridan keyin, boshlaridan 
o‘tgan hamma voqealarni unga aytib berdilar: 
30 
— O‘sha yurtning hokimi biz bilan juda qo‘pol gaplashdi, bizni, josussizlar, dedi. 


Ibtido
61 
31 
Lekin biz to‘g‘ri odam ekanimizni, josus emasligimizni aytdik. 
32 
Unga: “Biz o‘n ikki 
aka–ukamiz, bitta otaning farzandlarimiz, bitta ukamiz nobud bo‘lgan, eng kichik 
ukamiz otamiz bilan Kan’onda qolgan”, deb aytdik. 
33 
Keyin o‘sha yurtning hokimi bizga 
aytdi: “Sizlar to‘g‘ri odamlar ekaningizni tekshirib ko‘raman. Bittangiz men bilan 
qolasiz, boshqalaringiz esa och qolgan oilalaringiz uchun don olib ketaverasizlar. 
34 
Eng 
kichik ukangizni mening oldimga olib kelasizlar. Ana shunda sizlar josus emas, balki 
to‘g‘ri odam ekaningizni bilib olaman. So‘ngra mana bu tug‘ishganingizni sizlar bilan 
birga jo‘natib yuboraman. Sizlar don sotib olgani tez–tez kelib turaverasizlar*.” 
35 
Ular qoplarini bo‘shatayotganlarida, qarasalar, hammasining qopi ichida 
tugunchada kumushlari turibdi. Ota–bolalar tugunchalardagi kumushlarni 
ko‘rganlarida, vahimaga tushdilar. 
36 
Shunda Yoqub o‘g‘illariga aytdi: 
— Meni hamma bolalarimdan judo qilmoqchimisizlar? Yusuf yo‘qoldi, Shimo‘n ham 
yo‘q, endi esa Benyaminni olib ketmoqchisizlar! Peshanam buncha sho‘r bo‘lmasa! 
37 
Ruben otasiga dedi: 
— Agar Benyaminni sizga qaytarib olib kelmasam, mayli, mening ikkala o‘g‘limni 
o‘ldiravering! Benyaminni menga ishonib topshiring, o‘zingizga qaytarib olib kelib 
beraman. 
38 
— O‘g‘lim sizlar bilan birga bormaydi, — dedi Yoqub. — Akasi Yusuf o‘lgan, o‘zi 
yolg‘iz qoldi*. Yo‘lda u biror falokatga yo‘liqishi mumkin. Qariganimda meni qayg‘udan 
o‘liklar diyoriga* kiritasizlar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling