Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yusuf mahbuslarning tushini ta’bir qiladi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97
Bog'liq
Gen Part

40–BOB 
Yusuf mahbuslarning tushini ta’bir qiladi 

Bir kuni saroy soqiysi* bilan novvoyi Misr fir’avnini qattiq xafa qildilar. 

Fir’avn bu 
ikkala a’yonidan — soqiysi bilan novvoyidan g‘azablanib, 

ularni ham Yusuf yotgan 
zindonga qamatib qo‘ydi. Zindon qo‘riqchilar boshlig‘ining uyida edi. 

Qo‘riqchilar 
boshlig‘i Yusufni soqiy bilan novvoyning xizmatiga qo‘ydi. Yusuf ularga xizmat qila 
boshladi. Ular ancha vaqt zindonda qoldilar. 

Fir’avnning soqiysi bilan novvoyi zindonda yotar ekanlar, bir kuni kechasi ikkovi 
ham tush ko‘rdilar. Har bir tushning o‘ziga xos ma’nosi bor edi. 

Ertalab Yusuf ularning 
yoniga keldi. Ularning yuzi g‘amgin edi. Yusuf buni payqadi. 

— Nimaga bugun juda g‘amgin ko‘rinasizlar? — deb so‘radi Yusuf ulardan. 

— Biz tush ko‘rgan edik, bu yerda tushimizni ta’birlab beradigan biron kimsa yo‘q, 
— deb javob berishdi ular. 
— Tushlarni ta’birlash Xudodandir, — dedi Yusuf. — Marhamat, tushingizni menga 
ayting–chi. 

Avval soqiy tushini Yusufga aytib berdi: 
— Tushimda tok ko‘ribman. Tok oldimda turgan emish. 
10 
Tokning uchta novdasi bor 
ekan. Novdalar darrov kurtak otib, meva tugib uzumlar pishibdi. 
11 
Fir’avnning qadahi 
qo‘limda emish. Men uzumlarni olib, fir’avnning qadahiga uzumning sharbatini 
siqibman. Keyin qadahni fir’avnning qo‘liga beribman. 
12 
Yusuf unga dedi: 
— Tushingizning ta’biri shunday bo‘lar: uchta novda — uch kun degani. 
13 
Uch kun 
ichida fir’avn sizni zindondan ozod qilib, oldingi mansabingizga qaytaradi: siz yana 
soqiy bo‘lib, ilgarigiday shohga qadah tutasiz. 
14 
Lekin sizdan bir iltimos: ishlaringiz 
yaxshi bo‘lib ketganda, meni ham eslab qo‘ying. Siz menga iltifot ko‘rsatib, fir’avnga men 
to‘g‘rimda ham eslatib qo‘ying: meni zindondan chiqarib olsin. 
15 
Men aslida ibroniylar 
yurtidan o‘g‘irlab keltirilganman. Buning ustiga, yana bu yerda zindondaman, lekin hech 
qanday aybim yo‘q. 
16 
Novvoy qarasa, tushning ta’biri yaxshilikka ekan. U Yusufga dedi: 
— Men ham tush ko‘ribman. Boshimda uchta non savatni olib ketayotgan emishman. 
17 
Eng tepadagi savatda fir’avnga atalgan pishiriqlarning har turidan bor ekan. Lekin 


Ibtido
57 
qushlar uchib kelib, boshimdagi savatdan pishiriqlarni cho‘qiyotgan ekan. 
18 
— Tushingizning ta’biri shunday bo‘lar, — dedi Yusuf. — Uchta savat — uch kun 
degani. 
19 
Uch kun ichida fir’avn boshingizni tanangizdan judo qilib, tanangizni tik 
o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtiradi. Qushlar tanangizni cho‘qib yeydi. 
20 
Oradan uch kun o‘tgach, fir’avn tug‘ilgan kunida barcha a’yonlariga ziyofat berdi. 
Soqiysi bilan novvoyini ham zindondan a’yonlari oldiga chaqirtirdi. 
21 
Fir’avn soqiysini 
ozod qilib, oldingi mansabiga qaytardi. Shunday qilib, soqiy yana fir’avnga qadah 
tutadigan bo‘ldi. 
22 
Lekin Yusuf aytganday, fir’avn novvoyning boshini oldirib, jasadini 
tik o‘rnatilgan xodaning uchiga qoqtirdi. 
23 
Soqiy esa Yusufni eslamadi, uni unutib 
yubordi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling