Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
44–BOB
Yo‘qolgan qadah 1 Aka–ukalar ketishga tayyorlanishdi. Yusuf qulboshisiga shunday ko‘rsatma berdi: “Bu odamlarning qoplarini ko‘tara oladigan qilib donga to‘ldir. Har birining qopiga kumushlarini qaytarib solib qo‘y. 2 Kenjasining qopi ichiga esa kumushlari bilan birga mening kumush qadahimni ham solib qo‘y.” Qulboshi hammasini Yusuf aytganday qildi. 3 Ertasiga tong yorishishi bilanoq, aka–ukalarni yuk ortilgan eshaklari bilan jo‘natib yuborishdi. 4 Ular hali shahardan uncha uzoqlashmagan ham edilarki, Yusuf qulboshisiga buyurdi: — Bor, anavi odamlarning izidan tush. Ularga yetib olganingdan keyin shunday deb ayt: “Nimaga yaxshilikka yomonlik qildingiz? 5 Xo‘jayinimning kumush qadahini o‘g‘irlaganingiz nimasi?* Xo‘jayinim undan ichimlik ichish uchun, fol ochish uchun foydalanardi*, axir! Qanday yomon ish qilib qo‘yibsizlar–a!” 6 Qulboshi aka–ukalarga yetib olib, o‘rgatilgan gaplarni aytdi. 7 — Nimaga bunday gaplarni gapiryapsiz?! — deb javob qaytarishdi ular. — Xudo saqlasin! Bu qullaringiz unaqa ish qilmaydi! 8 O‘zingiz o‘ylang, qoplarimizdan topib olgan kumushlarni Kan’ondan sizga qaytarib olib keldik–ku. Shunday ekan, biz xo‘jayiningizning uyidan kumush yoki oltin o‘g‘irlarmidik?! 9 Agar o‘sha narsa biz, qullaringizdan topilsa, mayli, o‘sha odam o‘ldirilsin. Qolganlarimiz hazrati oliylariga qul bo‘laylik. 10 — Mayli, men roziman, sizlar aytgancha bo‘la qolsin, — dedi qulboshi. — Kumush qadah kimdan topilsa, u menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa ozod bo‘lasizlar. 11 So‘ngra har biri tezda eshaklari ustidan qoplarini olib, ochdilar. 12 Yusufning qulboshisi to‘ng‘ichining qopidan boshlab kenjasining qopigacha titib chiqdi. Qadah Benyaminning qopidan chiqib qolsa bo‘ladimi! 13 Ular umidsizlikka tushib, qayg‘udan kiyimlarini yirtdilar. Eshaklariga yana yuklarini ortib, orqaga — shaharga qaytib keldilar. 14 Yahudo va aka–ukalar Yusufning uyiga kelishdi. Yusuf hali uyida ekan. Aka–ukalar Yusufning oldida o‘zlarini yerga otdilar. 15 — Bu qilganingiz nimasi? — deb so‘roqqa tutdi Yusuf ularni. — Menday bir odam fol ochib bilib olishimni bilmasmidingiz?! 16 — Janobi oliylariga nima ham derdik? Xudo bu qullaringizning qilgan jinoyatlarini fosh qildi. Endi o‘zimizni qanday himoya qila olardik?! Qanday qilib o‘zimizni oqlardik?! Janobi oliylari! Sizning qadahingiz ukamizning qopidan topilgan ekan, endi ukamiz bilan Ibtido 64 birga biz, hammamiz, sizga qul bo‘lishga tayyormiz. 17 — Yo‘q, Xudo saqlasin! Hecham bunday qilmayman! — dedi Yusuf. — Faqat qadahni o‘g‘irlagan odamgina menga qul bo‘ladi. Qolganlaringiz esa eson–omon otangizning oldiga qaytinglar. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling