Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Yoqub va uning oilasi Misrga ko‘chadi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97
Bog'liq
Gen Part

46–BOB 
Yoqub va uning oilasi Misrga ko‘chadi 

Shunday qilib, Yoqub* butun mol–mulkini olib, yo‘lga chiqdi. U Bershebaga* yetib 
kelib, otasi Is’hoqning Xudosiga qurbonliklar qildi. 

Tunda Xudodan Yoqubga vahiy 
keldi: 
— Yoqub! Yoqub! 
— Labbay! — dedi u. 

— Men Xudoman, otangning Xudosiman, — dedi Xudo. — Qo‘rqmasdan Misrga 
boraver, Men u yerda sendan buyuk xalq yarataman. 

Men sen bilan birga Misrga 
boraman. Sen Yusufning qo‘lida jon berasan. Vaqti kelib, Sening naslingni O‘zim Misrdan 
olib chiqaman. 

So‘ngra Yoqub Bershebadan ketdi. O‘g‘illar otasini, bolalarini, xotinlarini fir’avn 
yuborgan aravalarga o‘tqazdilar. 

Ular Kan’onda orttirgan chorvasini, hamma mol–
mulkini olib, Misrga ketdilar. Yoqub va uning hamma oila a’zolari 

— o‘g‘illari, qizlari va 
nabiralari ketdilar. 

Misrga ketgan Isroil xalqi, ya’ni Yoqub naslining ismlari quyidagichadir: 
Yoqubning Leaxdan ko‘rgan nasli 
Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li Ruben va 

uning o‘g‘illari — Xano‘x, Palluv, Xazron va 
Karmi. 
10 
Shimo‘n va uning o‘g‘illari — Yamuvol, Yomin, Oxad, Yoxin, Zo‘xar va Shovul. 
(Shovulning onasi Kan’onlik edi.) 
11 
Levi va uning o‘g‘illari — Gershon, Qohot, Marori. 
12 
Yahudo va uning o‘g‘illari — G‘ur, O‘nan, Shelo, Paraz va Zerax. (Lekin G‘ur va 
O‘nan Kan’on yurtida vafot etgan edilar*.) 
Paraz va uning o‘g‘illari — Xazron va Xomul. 
13 
Issaxor va uning o‘g‘illari — To‘lo, Puvax, Yoshuv* va Shimron. 
14 
Zabulun va uning o‘g‘illari — Sared, Elo‘n va Yaxliyol. 
15 
Leaxning bu o‘g‘illari va qizi Dina Paddon–Oramda* tug‘ilgan edilar. Yoqubning 
Leaxdan tarqalgan nasli jami bo‘lib o‘ttiz uch kishi edi. 
Leaxning cho‘risi Zilpodan Yoqubning ko‘rgan nasli 
16 
Gad va uning o‘g‘illari — Zafo‘n*, Xagi, Shuno, Ezbo‘n, Eri, Aro‘d* va Erali. 
17 
Osher va uning o‘g‘illari — Yimnax, Yishvo, Yishvi va Bariyo. Bularning Serax 
degan singillari ham bor edi. Bariyoning o‘g‘illari — Xaber va Malxiyol. 
18 
Zilpo Yoqubga tug‘ib bergan nasl ana shulardir. Ular hammasi bo‘lib o‘n olti 
kishi edi. Lobon Zilponi qizi Leaxga cho‘ri qilib bergan edi. 
Yoqubning Rohiladan ko‘rgan nasli 
19 
Yoqubning xotini Rohila tuqqan o‘g‘illar — Yusuf bilan Benyamin. 
20 
Yusuf Misr yurtida ikki o‘g‘il — Manashe va Efrayimni ko‘rdi. Yusufning xotini 
Osanat On shahrining* ruhoniysi Po‘tiferoning qizi edi. 
21 
Benyamin o‘g‘illari — Belax, Boxir, Oshbol, Gera, No‘mon, Exi, Ro‘sh, Mupim, 
Xupim va Ard. 


Ibtido
67 
22 
Yoqubning Rohiladan tarqalgan nasli ana shulardir. Ular hammasi bo‘lib o‘n 
to‘rt kishi edi. 
Rohilaning cho‘risi Bilxaxdan Yoqubning ko‘rgan nasli 
23 
Dan va uning o‘g‘li — Xushim. 
24 
Naftali va uning o‘g‘illari — Yaxziyol, Go‘no, Izar va Shillem. 
25 
Yoqubning Bilxaxdan tarqalgan nasli ana shulardir. Bilxaxni Lobon qizi 
Rohilaga cho‘ri qilib bergan edi. Hammasi bo‘lib yetti kishi edi. 
26 
Yoqub bilan birga Misrga kelgan uning nasli hammasi bo‘lib oltmish olti kishi* edi. 
Kelinlari bu hisobga kirmasdi. 
27 
Yusuf Misrda ikki o‘g‘il ko‘rgan edi. Shunday qilib, 
Yoqub xonadonidan Misrga kelganlar hammasi bo‘lib yetmish kishi* edi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling