Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yoqubning oxirgi vasiyati


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yoqubning oxirgi vasiyati 
27 
Shunday qilib, Yoqub* nasli Misrning Go‘shen yerlariga o‘rnashib qoldi. Yoqub 
nasli u yerda mulk orttirdi, aholisi ko‘payib bordi. 
28 
Yoqub Misr yurtida 17 yil yashadi. 
U 147 yil umr ko‘rdi. 
29 
Yoqubning umri oxirlab qoldi. U o‘g‘li Yusufni chaqirib shunday dedi: 
— Agar mendan rozi bo‘lsang, qo‘lingni sonim ostiga qo‘yib*, “Sizning vasiyatingizni 
bajaraman”, deb qasam ich*. Oxirgi vasiyatim shuki, meni Misrda dafn qilmagin. 
30 
Bu 
olamdan o‘tganimdan keyin, jasadimni Misrdan olib ketib, ota–bobolarimning 
xilxonasiga* dafn qil. 
Yusuf: “Aytganingizday qilaman”, deb va’da berdi. 
31 
Yoqub: “Mening oldimda qasam 
ich”, deb talab qildi. Yusuf qasam ichdi. Yoqub o‘z to‘shagi ustida sajda qildi. 
48–BOB 
Yoqub Efrayim bilan Manasheni duo qiladi 

Bir kuni Yusufga: “Otangiz kasal” degan xabar yetib keldi. Yusuf ikkala o‘g‘lini — 
Manashe bilan Efrayimni yoniga olib, otasining huzuriga bordi. 

Yoqub Yusufning 
kelganini eshitgach, kuchini yig‘ib, to‘shagiga o‘tirdi. 

Yoqub Yusufga dedi: 
— Qodir Xudo Kan’on yurtidagi Luz shahrida* menga zohir bo‘lgan va marhamat 
ko‘rsatib, 

shunday degan edi: “Men seni barakali qilib, naslingni ko‘paytiraman. Men 
sendan ko‘p xalqlarni yarataman. Bu yerni sendan keyin naslingga abadiy mulk qilib 
beraman.” 

Men Misrga kelmasimdan avval Efrayim bilan Manashe bu yerda tug‘ilgan 
edilar. Shu ikkala o‘g‘ling endi mening o‘g‘illarimdir. Ruben va Shimo‘n menga qanday 
o‘g‘il bo‘lsa, sening ikkala o‘g‘ling ham mening o‘g‘illarim bo‘ladi. 

Efrayim bilan 
Manashedan keyin tug‘iladigan o‘g‘illaring esa o‘zingniki bo‘ladi. Tug‘iladigan 
o‘g‘illaringga Efrayim va Manashega qarashli yerlardan meros berilsin. 

Buni shu 
sababdan qilyapmanki, men Paddondan* qaytib kelayotganimda, afsuski, onang Rohila 
Kan’on yurtida — Efratga yetib bormasdan yo‘lda olamdan o‘tgan edi. Men uni o‘sha 
yerda — Efratga boradigan yo‘l bo‘yida dafn qilganman. (Efrat hozir Baytlahm* deb 
yuritiladi.) 
8-10 
Bu paytga kelib Yoqubning* ko‘zlari keksalikdan xiralashgan, yaxshi ko‘rmas edi. 
Yoqub Yusufning o‘g‘illarini ko‘rganda, “Bular kimlar?” deb so‘radi. 
— Bular Xudo shu yerda menga bergan o‘g‘illarim, — deb javob berdi Yusuf. 
— Menga yaqinroq olib kelgin ularni, duo qilayin. 
Yusuf o‘g‘illarini otasiga yaqinroq olib bordi. Yoqub bolalarni bag‘riga bosib, o‘pdi. 
11 
Yoqub Yusufga dedi: 
— Men seni hech qachon ko‘rmayman, deb o‘ylagan edim. Ammo Xudo sening 
bolalaringni ham ko‘rishni nasib etdi. 
12 
Yusuf bolalarni otasining tizzasidan* oldi va otasiga muk tushib ta’zim qildi. 
13 
Yusuf o‘ng qo‘li bilan Efrayimni ushlab, Yoqubning chap tomoniga, chap qo‘li bilan 
Manasheni ushlab, Yoqubning o‘ng tomoniga yaqinroq olib keldi. 
14 
Lekin Yoqub 
qo‘llarini chalishtirdi–yu, o‘ng qo‘lini* kenja o‘g‘il Efrayimning boshiga, chap qo‘lini 
to‘ng‘ich o‘g‘il Manashening boshiga qo‘ydi. 
15 
So‘ngra Yusufni duo qildi*: 
“Ota–bobolarim Ibrohim va Is’hoqqa yo‘l ko‘rsatgan Xudo, 


Ibtido
70 
Umrim bo‘yi mening cho‘ponim bo‘lgan Xudo, 
16 
Barcha ofatlardan meni saqlagan farishta 
Bu bolalarga ham marhamat ko‘rsatsin. 
Mening nomim, bobom Ibrohim, otam Is’hoqning nomi 
Shu bolalar orqali yashasin, yer yuzida ular lak–lak ko‘paysin.” 
17 
Lekin otasi o‘ng qo‘lini Efrayimning boshiga qo‘ygani Yusufga yoqmadi. Shuning 
uchun otasining o‘ng qo‘lini Efrayimning boshidan Manashening boshiga olib 
qo‘ymoqchi bo‘ldi. 
18 
— Bunday emas, ota, — dedi Yusuf, — bunisi to‘ng‘ichi, o‘ng qo‘lingizni uning 
boshiga qo‘ying. 
19 
Lekin otasi rozi bo‘lmadi: 
— Bilaman, o‘g‘lim, bilaman. Manashening nasli ham buyuk xalq bo‘ladi. Lekin 
Efrayimning avlodi, Manashenikiga qaraganda, yanada buyuk bo‘lib, Efrayimning 
avlodidan ko‘p xalqlar kelib chiqadi. 
20 
Yoqub o‘sha kuni Efrayim bilan Manasheni shunday deb duo qildi: 
“Isroil xalqi sizlarning nomingizni aytar bir–birini duo qilganda, 
Efrayim va Manasheday qilsin seni Xudo, deb aytganlarida.” 
Shunday qilib, Yoqub Efrayimni Manashedan yuqori qo‘ydi. 
21 
Shundan keyin Yoqub Yusufga dedi: 
— Mening umrim oxirlab boryapti. Lekin Xudo sizlar bilan birga bo‘ladi, sizlarni ota–
bobolaringizning yeriga yana qaytarib olib boradi. 
22 
Shakamni* esa akalaringga emas, 
senga beryapman. Bu hosildor yerlarni men qilichu kamonim bilan Amor xalqlaridan 
tortib olganman*. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling