Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Yoqub vafot etib, dafn qilinadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
Yoqub vafot etib, dafn qilinadi
29 Shundan so‘ng Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qildi: — Mening kunim bitib boryapti. Meni Xet xalqidan Efro‘nning dalasidagi g‘orga — ota–bobolarim yoniga dafn qilinglar. 30 O‘sha g‘or Kan’on yurtida, Mamre sharqida joylashgan Maxpaladagi dalada. Bobom Ibrohim bu dalani Efro‘ndan qabriston uchun sotib olgan. 31 U yerga bobom Ibrohim bilan buvim Sora dafn qilingan*. Otam Is’hoq bilan onam Rivqo ham u yerga dafn qilingan. U yerga men Leaxni dafn qilganman. 32 Bobom Ibrohim Xet xalqidan sotib olgan g‘or o‘shadir. 33 Yoqub o‘g‘illariga vasiyat qilib bo‘lgach, yana to‘shagiga yotdi–yu, joni uzilib, ota– bobolari yoniga ketdi. Ibtido 73 50–BOB 1 Yusuf o‘zini otasining ustiga tashlab, yig‘laganicha, uni o‘pdi. 2 Yusuf qo‘l ostidagi tabiblarga: “Otamning jasadini mumiyolanglar!” deb amr berdi. Tabiblar Yoqubning* jasadini mumiyolashdi. 3 Ular bu ish uchun qirq kun vaqt sarf qildilar. Chunki mumiyolash uchun shuncha vaqt talab qilinar edi. Misrliklar Yoqub uchun yetmish kun aza tutishdi. 4 Aza muddati tugagach, Yusuf fir’avnning a’yonlari huzuriga kelib, dedi: — Agar men sizlarning iltifotingizga sazovor bo‘lsam, fir’avn janobi oliylariga shu gaplarni yetkazsangizlar: 5 “Otam menga qasam ichirib, olamdan o‘tganimdan keyin, jasadimni Kan’on yurtiga olib borib, o‘zim uchun men qazigan qabrga dafn qil, deb aytgan. Endi otamni dafn qilgani borishimga ijozat bersalar. Otamni dafn qilganimdan keyin qaytib kelaman.” 6 — Mayli, boraver, — deb ijozat berdi fir’avn, — qasamni ado qilib, otangni dafn qilib kel. 7 Shunday qilib, Yusuf otasini dafn qilgani jo‘nadi. Fir’avnning hamma a’yonlari — saroyidagi amaldorlar, Misr yurtidagi barcha amaldorlar Yusuf bilan birga ketishdi. 8 Shuningdek, Yusufning barcha oila a’zolari, aka–ukalari, otasining qolgan xonadoni ahli ham Yusuf bilan birga ketishdi. Faqat ularning bolalari, qo‘y–echkilari, podalari Go‘shen yerlarida* qoldirildi. 9 G‘oyat katta jamoa Yusufga hamroh bo‘ldi. U bilan bir talay aravakashlar va jang aravalari ham ketdi. 10 Ular Iordan daryosi sharqidagi Otad degan xirmonga yetib keldilar. U yerda uzoq vaqt og‘ir ta’ziya marosimi o‘tkazdilar. Shunday qilib, Yusuf otasi uchun yetti kun aza marosimi o‘tkazdi. 11 Kan’on xalqlari bu yerdagi aza marosimini ko‘rib: “Misrliklar qanday og‘ir aza marosimi o‘tkazyaptilar–a!” deb aytdilar. Shuning uchun bu joyga Ovil–Misrayim* deb nom qo‘ydilar. 12 Shunday qilib, Yoqub o‘g‘illariga qanday vasiyat qilgan bo‘lsa, o‘g‘illari otalarining vasiyatini to‘la– to‘kis bajardilar. 13 Ular otalarining jasadini Kan’on yurtiga olib kelib, Maxpaladagi dalada joylashgan g‘orga dafn qildilar*. Ibrohim o‘z oilasiga qabriston uchun Xet xalqidan bo‘lgan Efro‘ndan sotib olgan Mamre sharqidagi g‘or shudir. 14 Yusuf otasini dafn qilgandan keyin, aka–ukalarini, otasini dafn qilgani birga kelgan hamrohlarini ergashtirib Misrga qaytdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling