Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Yoqubning so‘nggi so‘zlari
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
49–BOB
Yoqubning so‘nggi so‘zlari 1 Yoqub o‘g‘illarini huzuriga chorlab dedi: “Yonimga kelinglar, kelgusida sizlarga nima bo‘lishini aytay. 2 Keling, quloq soling, ey Yoqub o‘g‘illari, Eshiting otangiz Isroilning so‘zlarini. 3 Ruben, sensan mening to‘ng‘ichim, Quvvatimning ilk mevasi, ham qudratim, Shuhratu qudratda yuksagi sensan. 4 Lekin dengiz to‘lqiniday betizginsan, Bundan keyin aslo ustun bo‘lmaysan. Otangning yotog‘iga sen kirding, To‘shagimga chiqib, uni bulg‘ading*. 5 Shimo‘n bilan Levi hamtovoqlardir, Qilichlari jabr–jafo qurolidir*. Ibtido 71 6 Hech qachon sherik bo‘lmasman ularning fitnalariga, Aslo qo‘shilmasman ularning yig‘inlariga. Ular g‘azab ila o‘ldirdilar insonlarni, Rohatlanish uchun mayib qildilar ho‘kizlarni. 7 La’nat bo‘lsin ularning rahmsiz g‘azabiga, La’nat bo‘lsin ularning beayov zulmlariga! Tarqatib yuboraman ularni har tomonga, Yoqubning yurtida — Isroilning yurtida. 8 Ey Yahudo*, seni madh etar birodarlaring, G‘animlaring gardanida bo‘lar qo‘llaring. Senga ta’zim qilishar otangning o‘g‘illari. 9 Yahudo sherning bolasiga o‘xshar, O‘g‘lim, ovdan qaytib kelding sen, Sherdek cho‘kib, cho‘zilib yotarsan. Seni uyg‘otmoqqa kim jur’at etar?! 10 Yahudoning qo‘lidan ketmas saltanat hassasi*, Uning naslida qolar saltanat tamg‘asi, Xalqlar unga o‘lpon keltirarlar*, Unga itoat etib ta’zim qilarlar. 11 Eshagini u doim bog‘laydi tokka, Xo‘tikchani — tok novdasiga. Sharobda yuvadi kiyimlarini A’lo sharobda — ko‘ylaklarini*. 12 Sharobdan ham qora ko‘zlari, Sutdan ham oppoq tishlari*. 13 Zabulun o‘rnashadi dengiz bo‘yida, Kemalarga u bandargoh bo‘lajak. Uning chegarasi Sidongacha* borajak. 14 Issaxor qo‘rada* o‘rnashib yotgan Kuchli eshakka o‘xshar. 15 Ko‘rsaki, o‘rnashgan yeri naqadar yaxshi, Juda yoqimli ekan bu joylar. Yukni ko‘tarmak chun yelkasin tutdi, Og‘ir mehnatga u qul bo‘lib qoldi. 16 Isroil qabilasining bittasi bo‘lib, Dan* o‘z xalqini hukm qiladi. 17 Dan yo‘lda yotgan bir ilon bo‘ladi, So‘qmoqda cho‘zilib yotgan zaharli ilon. Otlarning to‘pig‘ini u chaqib olar, Chavandoz yiqilar, chalqancha tushar. 18 Sendan najot kutarman, ey Egam!* Ibtido 72 19 Gadni* talab ketadi bosqinchilar, Gad ularning izidan bostirib borar. 20 Osher tansiq taom yetishtirar, Shohona noz–ne’matlar tayyorlar. 21 Naftali ozod yurgan ohuga o‘xshar, Ajoyib ohuchalar dunyoga keltirar*. 22 Yusuf o‘xshar serhosil tokka — Buloq bo‘yidagi serhosil uzumga. Uning novdalari devordan oshib o‘tar*. 23 Rahmsiz kamonkashlar unga hujum qilishdi, O‘q otishdi unga, qattiq siqishdi. 24 Lekin Yusufning kamoni tarang tortildi, Uning qo‘llari ham chaqqonlashdi Yoqubning qudratli Xudosi kuchi tufayli, Isroilning Cho‘poni, Qoyasi tufayli. 25 Otangning Xudosi senga madad bergay, Qodir Xudo senga marhamat ko‘rsatgay Yuqoridagi osmon barakalari ila, Yer qa’ridan chiqqan suvning barakalari ila, Ona ko‘kragiyu pushtining barakasi ila. 26 Abadiy tog‘lar barakasidan* ham, Qadim tepaliklar ne’matidan ham, Otangning duolari kuchlidir. Bu barakalar Yusufga nasib etar, Birodarlari ichra u yo‘lboshchi bo‘lar. 27 Benyamin och bo‘riga o‘xshar, Sabohda u o‘ljasini yamlab yutar, Oqshomda u topganini bo‘lishar.” 28 Isroilning o‘n ikki qabilasi ana shular bo‘lib, otasi ularni duo qilganda, yuqoridagi so‘zlarni aytgan edi. Har birini o‘ziga loyiq tarzda duo qildi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling