Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Yusuf akalariga tasalli beradi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Yusuf akalariga tasalli beradi 
15 
Otalari vafot etgandan keyin, Yusufning akalari: “Biz Yusufga yomonlik qilgan edik, 
endi u o‘sha yomonliklarimiz uchun kek saqlab yurgan bo‘lsa, bizdan o‘ch oladi”, deb 
qo‘rqa boshladilar. 
16 
Shuning uchun ular Yusufga shunday xabar yubordilar: “Otamiz 
vafotidan oldin bizga, 
17 
Yusufning huzuriga borib aytinglar, men undan o‘tinaman, 
sizlar unga qarshi qilgan og‘ir jinoyatlaringizni unutsin, deb aytgan edilar. Iltimos 
qilamiz, otang Xudosining bu qullari qilgan jinoyatlarni unutgin.” Yusuf shu xabarni 
eshitganda, yig‘lab yubordi. 
18 
Keyin akalari ham kelib: “Biz sening qullaringmiz”, deb 
Yusufning oyoqlariga yiqildilar. 
19 
Lekin Yusuf akalariga: 
— Qo‘rqmanglar, men sizlarni hukm qilib, jazolaydigan Xudo emasman–ku! — dedi. 
20 
— Sizlar menga ravo ko‘rgan yomonlikni Xudo yaxshilikka ishlatdi. Son–sanoqsiz 
odamlarni saqlab qolish uchun U meni shu yerga olib keldi. 
21 
Shuning uchun 
qo‘rqmanglar, men o‘zlaringizni ham, bola–chaqalaringizni ham boqaman. 
Yusuf akalariga muloyim gapirib, ularga tasalli berdi. 


Ibtido
74 
Yusuf vafot etadi 
22 
Shunday qilib, Yusuf, uning aka–ukalari, ularning oilalari Misrda yashab qoldilar. 
Yusuf 110 yil umr ko‘rdi. 
23 
Yusuf Efrayimning nevara–chevaralarini ham ko‘rdi. 
Manashening o‘g‘li Moxirning bolalari tug‘ilganda, Yusuf hayot edi. Yusuf bu bolalarni 
ham farzandlari qatoriga qabul qildi. 
24 
“Mening umrim oxirlab boryapti, — dedi Yusuf aka–ukalariga. — Lekin Xudo 
sizlarni kuzatib turadi, sizlarni bu yurtdan olib chiqib, Ibrohim, Is’hoq va Yoqubga 
beraman, deb qasam ichgan yurtga qaytarib olib boradi.” 
25 
So‘ng Yusuf Isroil urug‘lariga 
qasam ichdirib: “Xudo sizlarning oldingizga kelganda, sizlar mening suyaklarimni bu 
yerdan olib ketinglar”, — dedi. 
26 
Yusuf 110 yil yashab, olamdan o‘tdi. Uning jasadini 
mumiyolab, Misrda bir tobutga soldilar. 


Ibtido
75 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling