Ibtido
80
11:28 Xaldeydagi Ur shahri — Xaldey
hozirgi Iroqning janubida, Fors qo‘ltig‘ining
shimolida joylashgan yerlar edi. Ur
shahri Mesopotamiyadan, ya’ni
Dajla va Furot
daryolari orasidagi hududdan O‘rta yer dengiziga boradigan asosiy savdo yo‘llari
ustida
joylashgan edi.
11:29 Soray — Soraning avvalgi ismi. Keyinchalik Xudo
uning ismini Sora deb
o‘zgartirdi (17:15 ga qarang).
11:31 Xoron shahri — Ur shahridan qariyb 900 kilometr shimoli–g‘arbda, hozirgi
Turkiyaning janubi–sharqida joylashgan (yana shu bobning 28–oyati izohiga qarang).
12:1 Ibrom — 11:26 izohiga qarang.
12:4 Xoron — 11:31 izohiga qarang.
12:5 Soray — 11:29 izohiga qarang.
12:6 Shakam — Quddusdan qariyb 50 kilometr shimolda joylashgan shahar.
12:6 eman daraxti — yoki
terebint daraxti, o‘sha o‘lkalarga xos bo‘lgan ulkan daraxt.
Ko‘pincha bunday ulkan daraxtlar ma’lum bir joy belgisi sifatida
ishlatilib, muhim
diniy
marosimlar bilan chambarchas bog‘liq edi.
12:8 Baytil bilan Ay shaharlarining o‘rtasida… — Baytil Quddusdan qariyb 19 kilometr
shimolda, Ay shahri esa Baytildan qariyb 3 kilometr sharqda joylashgan.
12:9 Nagav cho‘li — hozirgi
Isroilning janubida, O‘lik dengizning janubi–g‘arbida
joylashgan yerlar.
13:1 Ibrom — 11:26 izohiga qarang.
13:1 Nagav cho‘li — 12:9 izohiga qarang.
13:3 …Baytil bilan Ay oralig‘iga… — 12:8 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang.
13:10 …Egamiz yaratgan boqqa… — Adan bog‘iga ishora.
Do'stlaringiz bilan baham: