Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


:20 o‘n besh tirsak — taxminan 7 metrga to‘g‘ri keladi.  8:2


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97
Bog'liq
Gen Part

7:20 o‘n besh tirsak — taxminan 7 metrga to‘g‘ri keladi. 
8:2 Yer ostidagi buloqlar — 7:11 ning birinchi izohiga qarang. 
8:2 osmonning qopqasi — 7:11 ning ikkinchi izohiga qarang. 


Ibtido
78 
8:4 Yettinchi oyning o‘n yettinchi kuni — to‘fon boshlangandan besh oy o‘tgach (7:11 ga 
qarang). 
8:5 o‘ninchi oyning birinchi kuni — to‘fon boshlangandan taxminan yetti yarim oy 
o‘tgach (7:11 ga qarang). 
8:13 birinchi oyning birinchi kuni — to‘fon boshlangandan taxminan o‘n yarim oy 
o‘tgach (7:11 ga qarang). 
8:14 ikkinchi oyning yigirma yettinchi kuni — to‘fon boshlangandan taxminan o‘n ikki 
yarim oy o‘tgach (7:11 ga qarang). 
8:20 …halol hayvon…halol qush… — 7:2 izohiga qarang. 
9:13 …O‘z kamalagim… — bu oyatdagi hamda shu bobning 14, 16–oyatlaridagi 
ibroniycha so‘z kamon so‘zini ham bildiradi. 
9:22 …Xom otasining yalang‘och yotganini ko‘rdi…akalariga aytdi — Xomning akalari 
otasini nihoyatda hurmat qilganlari uchun, uning yalang‘och tanasiga qaramaslikka 
harakat qilganlar (shu bobning 23–oyatiga qarang), Xom esa, akalaridan farqli ravishda
o‘z qilmishi bilan otasini sharmanda qildi. 
9:24 kenja o‘g‘li — shu bobning 18–oyatida Nuhning o‘g‘illari Som, Xom va Yofas, deb 
ko‘rsatilgan. Ismlarning shu tartibda yozilishiga qaramay, bu hikoya ko‘rsatib turibdiki, 
Xom Nuhning kenja o‘g‘il ekan. 
9:25 Kan’on — nimaga Nuh Xomning o‘rniga Kan’onni la’natladi? Ko‘p olimlarning 
sharhlashicha, Xomning bunday buzuq xulq–atvori o‘g‘li Kan’onning avlodlariga ham 
xos edi. Bu oyatda aytilgan bashorat kelajakda Kan’on avlodining boshiga tushadigan 
hukmni bildiradi (yana 15:16 ga va o‘sha oyatning ikkinchi izohiga qarang). Keyinchalik 
Kan’on xalqi axloqiy buzuqligi va butparastligi bilan tanilib, Kan’on yurtini bosib olgan 
Isroil xalqi tomonidan butunlay qirib tashlanadi (Isroil xalqi Somdan kelib chiqqan, shu 
bobning 26–oyatiga qarang). Ba’zi olimlarning ta’kidlashicha, Xom Nuhning kenja o‘g‘li 
bo‘lgani uchun, Nuh Xomning kenja o‘g‘li Kan’onni la’natlagan edi. Ba’zi olimlar esa
Xudo yaqindagina Xomni barakalagani uchun (9:1 ga qarang) Nuh o‘g‘lini la’natlay 
olmay, Xomning o‘g‘lini la’natlagan edi, deb ta’kidlashadi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling