Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


:11 Naynavo — Nineviya nomi bilan ham ma’lum.  10:14


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97
Bog'liq
Gen Part

10:11 Naynavo — Nineviya nomi bilan ham ma’lum. 
10:14 Kasluvdan Filist xalqi kelib chiqdi — ibroniycha matndan. Eski Ahdning ba’zi 
joylarida, Filist xalqi Xafto‘rdan kelib chiqqan, deb yozilgan (Yeremiyo 47:4, Amos 9:7 ga 
qarang). Shu bois, ba’zi tarjimalarda Kasluv o‘rniga Xafto‘r so‘zi ishlatilib Xafto‘rdan 
Filist xalqi kelib chiqdi deb aytilgan. Oyatdan ko‘rinib turibdiki, Kasluv va Xafto‘r 
qondosh xalqlar bo‘lgan. Filistlar Kasluv xalqi istiqomat qilgan yerlardan kelib chiqib, 
keyinchalik Xafto‘rda, ya’ni hozirgi Krit orolida o‘rnashgan bo‘lishlari mumkin. Kasluv 
xalqi haqida deyarli hech qanday ma’lumot saqlanib qolmagan. 
10:21 Ibir — ehtimol, ibroniy so‘zi shu so‘zdan hosil bo‘lgan. Ibroniy so‘zi millat 
ma’nosida dastlab Ibrohimga va uning nasliga nisbatan qo‘llanilgan (14:13, 39:14,17, 
40:15, 41:12, 43:32 ga qarang). 
10:23 Meshex — ibroniycha matnda bu ismning boshqa varianti Mash. Uning Meshex 
degan shakli 1 Solnomalar 1:17 dan olingan. 
10:24 Arpaxshodning Shilax degan o‘g‘li… — aslida Shilax Arpaxshodning nabirasi edi 
(Luqo 3:35-36 ga qarang). Ibroniychada o‘g‘il so‘zi nasl ma’nosida ham ishlatiladi. 
10:25 …Palax…davrida dunyo bo‘linib ketdi — ibroniychada Palax ismining ma’nosi — 
bo‘linib ketdi. Bu gapda Xudo insoniyatni turli millat va tillarga bo‘lgani, ularni butun yer 
yuzi bo‘ylab tarqatib yuborgani nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (Ibtido 11:1-9 ga 
qarang). Palax so‘zining o‘zagi bo‘lgan ibroniycha fe’l Zabur 54:10 da ishlatilgan. O‘sha 
oyatda sano ijodkori Xudodan dushmanlarning gapini chalkashtirishni (ya’ni bo‘lib 
tashlashni) so‘ragan. 
11:2 sharqdan — yoki sharqqa
11:2 Shinar yeri — 10:10 ning birinchi izohiga qarang. 
11:9 Bobil — bu nom ibroniychadagi chalkashtirib yuborilgan so‘ziga ohangdosh. 
11:10 …o‘g‘li…ko‘rgan edi — bu oyatda hamda shu bobning 11-25–oyatlarida ishlatilgan 
bu ibroniycha jumla uning naslida…tug‘ilgan edi degan ma’noni ham anglatishi mumkin 
(5:3 izohiga qarang). 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling