Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


:3 Ruh — bu oyatda barcha jonzotga hayot ato etuvchi Xudoning hayotbaxsh qudrati  nazarda tutilgan.  6:3


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97
Bog'liq
Gen Part

6:3 Ruh — bu oyatda barcha jonzotga hayot ato etuvchi Xudoning hayotbaxsh qudrati 
nazarda tutilgan. 
6:3 Men ato etgan Ruh insonlar bilan abadiy qolmaydi… — yoki Mening Ruhim insonlar 
bilan abadiy kurashmaydi…
6:3 …ular o‘ladigan jonlardir — yoki …ular yaramasdir
6:4 ulkan pahlavonlar — ibroniycha matnda nefilim. Bu so‘z haybatli va kuchli 
odamlarga nisbatan ishlatilgan (yana Sahroda 13:34 ga qarang). To‘fondan oldin 
yashagan Nefilimlar bu oyatda va mazkur bobning 2–oyatida tilga olingan ilohiy zotlar 
va ayol zotining avlodlari edilar. 
6:4 ayol zoti — ibroniycha matndan so‘zma–so‘z tarjimasi inson zotining qizlari. Shu 
bobning 2–oyatiga berilgan ikkinchi izohga qarang. 
6:14 Qattiq yog‘och — ibroniycha matnda gofer yog‘ochi. Qanday turdagi yog‘och 
ekanligi noma’lum. 
6:15 …uzunligi 300 tirsak, kengligi 50 tirsak, balandligi 30 tirsak… — uzunligi taxminan 
135 metrga, kengligi taxminan 22,5 metrga, balandligi taxminan 13,5 metrga to‘g‘ri 
keladi. 
6:16 bir tirsak — taxminan 45 santimetrga to‘g‘ri keladi. 
6:16 Kemaning tomini yasaganingda…ochiq joy qoldir — yoki Kemaning gir aylanasida
tomdan bir tirsak pastrog‘ida ochiq joy qoldir
7:2 …halol hayvonlar…harom hayvonlar… — bu oyatda Xudoga qurbonlik qilsa 
bo‘ladigan hayvonlarga nisbatan halol hayvonlar iborasi, qurbonlik qilishga 
yaramaydigan hayvonlarga nisbatan esa harom hayvonlar iborasi ishlatilgan (8:20 ga 
qarang). Halol va harom hayvonlar haqida to‘liqroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun 
Levilar 11:1-47 ga qarang. 
7:11 …yer ostidagi buloqlar otilib chiqdi… — qadimda Isroil xalqining tasavvuriga ko‘ra, 
yer tep–tekis bo‘lib, yer ostida buyuk dengiz bor edi. Bu matnda o‘sha ulkan dengizning 
suvlari otilib chiqib, yer yuzini qoplagani nazarda tutilgan. 
7:11 …osmonning qopqalari ochildi — tinmay jala quya boshladi. Qadimda Isroil 
xalqining tasavvuriga ko‘ra, osmon gumbaz shaklida bo‘lib, osmon qopqalari gumbaz 
ustidagi suvlardan yerni himoya qilib turar edi (1:6-8 oyatlarga va 1:7 izohiga qarang). 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling