Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
20:16 Bu kumushlar…pokligingni isbotlaydi — Abumalek shunchalik mo‘l in’om berib,
boshqalarga Sorayning nomusiga tegmaganligini ko‘rsatmoqchi. 21:4 Xudo amr qilganday…uni sunnat qildi — 17:9-14 ga qarang. 21:6 kulgi — ibroniychada Is’hoq ismining ma’nosi — kuladi (yana 17:15-21, 18:10- 15 ga qarang). 21:8 …Sora uni ko‘krakdan chiqardi…Ibrohim katta ziyofat berdi — qadimgi paytlarda bolalar 2-3 yoshgacha emizilar edi. Ko‘p bolalar emizikli davrda qazo qilgani uchun ko‘krakdan chiqarilish payti katta bayram qilib nishonlanar edi. 21:9 Ismoil — 16:1-6 ga qarang. 21:9 Is’hoq — qadimiy yunoncha va lotincha tarjimalardan. Ibroniycha matnda Is’hoq so‘zi qo‘llanmagan bo‘lsa ham, lekin nazarda tutilgan. 21:9 …Is’hoqni masxara qilayotganini… — yoki …Is’hoq bilan o‘ynayotganini…. 21:10 Cho‘rining o‘g‘li mening o‘g‘lim bilan merosxo‘r bo‘lmasin — Ibrohim Ismoilni o‘z o‘g‘li sifatida qabul qilgani uchun, Ismoil Ibrohim mulkining bir qismiga merosxo‘r bo‘lish huquqiga ega edi. Ammo Ismoilning onasi Hojar ozodlikka chiqsa, Ismoil meros olish huquqidan mahrum bo‘lardi. 21:16 bir o‘q otimi — taxminan 100 metrga to‘g‘ri keladi. 21:20 Poron cho‘li — Sinay yarim orolining shimoli–sharqida joylashgan. 21:22 Abumalek — 20:2 ga qarang. 21:30 …bu quduqni o‘zim qaziganimni bular isbotlaydi — Ibrohim bu in’omni berib, haqiqatni aytayotganini ko‘rsatmoqchi. In’omni qabul qilish orqali Abumalek quduq haqiqatan Ibrohimga tegishli ekanini tan oldi. Abumalek ham ilgariroq o‘zining haqligini isbotlash uchun shunday yo‘l tutgan edi (20:16 ga qarang). 21:31 Bersheba — ibroniychadagi ma’nosi qasamyod qudug‘i yoki yettilar qudug‘i. Bu ikkala ma’no ham bu o‘rindagi vaziyatga, ya’ni Ibrohimning Abumalekka yettita urg‘ochi qo‘zini berishiga va Ibrohim bilan Abumalekning qasamyod qilishiga to‘g‘ri keladi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling