Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
:10 …shahar darvozasida… — 19:1 ning ikkinchi izohiga qarang. 23:14-15
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
23:10 …shahar darvozasida… — 19:1 ning ikkinchi izohiga qarang.
23:14-15 to‘rt yuz bo‘lak kumush — ibroniycha matnda to‘rt yuz shaqal kumush, taxminan 4,5 kiloga to‘g‘ri keladi. Qadimgi paytlarda ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan. 24:2 Qo‘lingni sonimning ostiga qo‘yib… — qasamning tabarrukligi va muhimligini bildiruvchi ramziy harakat. 24:10 Oram–Naxrayim — ibroniychadagi ma’nosi Ikki daryoning Orami demakdir. Bu hudud Furot daryosi bo‘yida joylashgan bo‘lib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi. Oram–Naxrayim yana Paddon–Oram (25:20 ga qarang) va Paddon (48:7 ga qarang) nomlari bilan tanilgan. 24:22 …burunga taqiladigan oltin sirg‘ani… — ayollar burunga taqiladigan sirg‘alarni bezak sifatida ishlatishar edi (yana shu bobning 47–oyatiga qarang). 24:22 bir misqoldan ortiq — ibroniycha matnda bir biqo, taxminan 6 grammga to‘g‘ri keladi. 24:22 yigirma besh misqol — ibroniycha matnda o‘n shaqal, taxminan 110 grammga to‘g‘ri keladi. 24:62 Nagav cho‘li — 12:9 izohiga qarang. 24:62 Ber–Laxay–Ruy qudug‘i — 16:7-14 oyatlarga va 16:14 izohiga qarang. 24:63 …sayr qilish uchun… — yoki …ibodat qilish uchun…. 25:6 cho‘rilar — 22:24 izohiga qarang. 25:10 Xet xalqi — ibroniycha matnda Xet nasli (10:15 ga qarang). 25:10 …xotini Soraning yoniga dafn qilindi — 23:19 ga qarang. 25:11 Ber–Laxay–Ruy qudug‘i — 16:7-14 oyatlarga va 16:14 izohiga qarang. 25:18 …qarindoshlariga dushman bo‘lib yashardilar — yoki …qarindoshlaridan bo‘lak bo‘lib yashardilar yoxud …qarindoshlaridan sharqda yashardilar (16:12 ga va o‘sha oyatning izohiga qarang). 25:20 …Oramlik bo‘lib, Paddon–Oramdan… — Paddon–Oram hududi Furot daryosi Ibtido 85 bo‘yida joylashgan bo‘lib, hozirgi Suriya mamlakatining shimoliy qismini va hozirgi Turkiyaning janubi–sharqiy qismini qamrab olardi. Ibrohimning ayrim qarindoshlari shu hududda yashagan. Paddon–Oram yana Oram–Naxrayim (24:10 ga qarang) va Paddon (48:7 ga qarang) nomlari bilan tanilgan. O‘sha hududda istiqomat qilgan odamni Oramlik deb atashardi. 25:22 “Agar shunaqa bo‘lsa…nima foydasi bor?!” — yoki “Agar shunaqa bo‘lsa yashab nima qilaman?!” yoxud “Nechun boshimga bunday ko‘rgilik tushdi?!” 25:23 …ikki xalqqa bo‘linar — bu so‘z tug‘iladigan egizak va ulardan kelib chiqadigan xalqlar orasida bo‘ladigan to‘qnashuvga ishora qiladi. Bu to‘qnashuv ona qornidayoq boshlanib, hatto tug‘ilish paytida ham yuz beradi (shu bobning 22, 26–oyatlariga qarang). 25:25 qip–qizil — terining rangiga yoki sochi va badanidagi junning rangiga nisbatan ishlatilgan bo‘lishi mumkin. Esovni yana Edom deb atashar edi. Edom so‘zi ibroniychadagi qizil so‘ziga ohangdosh (shu bobning 30–oyatiga qarang). 25:25 Uning tanasi jun matoga o‘xshardi…ismini Esov qo‘ydilar — Esov ismi ibroniychadagi junli so‘ziga ohangdosh. Keyinchalik Esov nasli istiqomat qiladigan yerlar Seir deb atalgan. Seir so‘zining ibroniychadagi ma’nosi — junli. 25:26 Esovning tovonini ushlab tug‘ildi…ismini Yoqub qo‘ydilar — ibroniychada Yoqub ismining ma’nosi — u tovonni ushlab oladi. U tovonni ushlab oladi iborasining ko‘chma ma’nosi u himoya qiladi demakdir. Yoqub boshqa biron uzun ismning qisqa shakli bo‘lishi mumkin. O‘sha to‘liq ismning ma’nosi Xudo uni himoya qilsin yoki Xudo uni himoya qildi. Ammo u tovonni ushlab oladi iborasining u aldadi degan ko‘chma ma’nosi ham bor. Keyinchalik Esov Yoqubning ismini o‘sha iboraning ikkinchi ko‘chma ma’nosida ishlatadi (27:36 ga qarang), bu ma’no Yoqub hayotining ilk davrini aks ettiradi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling