Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


:8 Naftali — bu ism ibroniychadagi olishuv so‘ziga ohangdosh.  30:11


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97
Bog'liq
Gen Part

30:8 Naftali — bu ism ibroniychadagi olishuv so‘ziga ohangdosh. 
30:11 Gad — ibroniychadagi ma’nosi omad
30:13 Osher — ibroniychadagi ma’nosi baxtli
30:14 mehrigiyo o‘simligi — qadimda odamlar, bu o‘simlikning mevalari jinsiy xohishni 
kuchaytirib, ayolning homilador bo‘lishiga imkoniyat yaratadi, deb ishonishardi. 
30:18 Issaxor — bu ism ibroniychadagi mukofot so‘ziga ohangdosh. 


Ibtido
87 
30:20 Zabulun — bu ism ibroniychadagi hurmat va hadya so‘zlariga ohangdosh. 
30:24 Yusuf — ibroniychadagi ma’nosi yana bersin. Bu ism ibroniychadagi olib tashladi 
so‘ziga ohangdosh. 
30:27 …fol ochtirib ko‘rgan edim, Egam menga sen tufayli baraka berganini bildim — 
yoki …men davlat orttirdim, Egam menga sen tufayli baraka berdi
30:30 Men tufayli…baraka berdi — yoki Men siz uchun ishlagan hamma joyda Egam 
sizga baraka berdi
30:32 …olachipor va xol–xol qo‘ylaringizni, qora qo‘zilaringizni, echkilaringizdan ham 
xol–xolini va olachiporini… — dunyoning bu o‘lkalarida odatda qo‘ylar oq, echkilar esa 
qora rangda bo‘lar edi, qora dog‘li qo‘ylar va oq dog‘li echkilar kamdan–kam uchrar edi. 
30:38 So‘ngra…qo‘ydi — qadimgi paytlarda odamlarning tushunchasi bo‘yicha, qo‘y–
echkilarning juftlashgan paytda ko‘rgan narsasi ulardan tug‘iladigan qo‘zichoqlarning 
ko‘rinishiga ta’sir qilardi. Biroq Yoqub Xudo bergan baraka tufayli muvaffaqiyatga 
erishganini aniq bilar edi (31:5-13 ga qarang). 
30:40 …Lobonning boshqa qo‘y–echkilaridan sovliqlarini… — Yoqub boqib yurgan 
Lobonning oq qo‘ylari va qora echkilaridan tashkil topgan suruvi nazarda tutilgan (shu 
bobning 35-36–oyatlariga qarang). 
30:40 …yo‘l–yo‘l va qop–qora hayvonlarga qaratib qo‘yardi. Shu tariqa Yoqub Lobonning 
qo‘y–echkilaridan o‘zining suruvini vujudga keltirdi… — Lobonning suruvidagi yo‘l–yo‘l 
va qop–qora echkilar nazarda tutilgan (bu oyatda yo‘l–yo‘l deganda tuyoqlari ochroq 
rangda bo‘lgan qora echkilar nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin). Demak, Yoqub 
Lobonning juftlashayotgan oq qo‘ylarini qora echkilariga qaratib qo‘yar edi, buning 
natijasida qora qo‘zichoqlar tug‘ilardi (shu bobning 38–oyati izohiga qarang). Bu qora 
qo‘zichoqlar Yoqub suruvini tashkil qilardi (shu bobning 32-34–oyatlariga qarang). Shu 
usulni ishlatgan holda, Yoqub o‘zining katta suruvini vujudga keltirdi (shu bobning 37-
40–oyatlariga qarang). 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling