Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
:49 Mispax — ibroniychadagi ma’nosi qorovul minorasi. 32:2
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
31:49 Mispax — ibroniychadagi ma’nosi qorovul minorasi.
32:2 Moxanayim — ibroniychadagi ma’nosi ikki qarorgoh, Yoqubning va Xudoning qarorgohlari bu joyda ekanligi nazarda tutilgan bo‘lishi mumkin (ammo shu bobning 7- 10–oyatlariga ham qarang). 32:3 …Seir, ya’ni Edom yurti… — O‘lik dengizning janubida joylashgan. Edom yurtining yana bir nomi Seir edi. 32:22 ikkala cho‘risi — Bilxax (29:29, 30:4 ga qarang) va Zilpo (29:23-24, 30:9 ga qarang) nazarda tutilgan. 32:22 Yavoq daryosi — Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan bu daryo O‘lik dengizdan qariyb 50 kilometr shimolda Iordan daryosiga quyiladi. 32:25 bo‘ksa — gavdaning bel bilan son o‘rtasidagi qismi. 32:28 Isroil — ibroniychadagi ma’nosi Xudo olishadi. Bu ism ibroniychadagi olishding so‘ziga ohangdosh. 32:30 “Xudo bilan yuzma–yuz bo‘libman–u, hayotim saqlanib qolibdi–ya” — insonlar, Xudoni ko‘rgan odam o‘ladi, deb ishonishardi (Chiqish 33:20 va Hakamlar 6:22, 13:22 ga qarang). 32:30 Paniyol — ibroniychadagi ma’nosi Xudoning yuzi. Paniyol Giladda, Iordan daryosining sharq tomonida joylashgan edi. 32:31 Paniyol — ibroniycha matnda bu nomning boshqa varianti Panuval. 32:32 bugungacha — shu kitob yozilgan vaqtga ishora. 33:1 ikkala cho‘ri — Bilxax (29:29, 30:4 ga qarang) va Zilpo (29:23-24, 30:9 ga qarang) nazarda tutilgan. 33:14 Seir yurti — 32:3 izohiga qarang. 33:17 Suxot — ibroniychadagi ma’nosi qo‘ralar. 33:18 Paddon–Oram — 25:20 izohiga qarang. 33:18 Shakam shahri — 12:6 ning birinchi izohiga qarang. 33:19 yuz bo‘lak kumush — ibroniycha matnda yuz kisito. Bu pul birligining qiymati va og‘irligi haqidagi ma’lumot saqlanib qolmagan. Qadimgi paytlarda ma’lum vazndagi kumush bo‘laklari odatda pul birligi sifatida ishlatilgan. Ibtido 89 33:20 “Xudo Isroilning Xudosidir” — ibroniycha matnda “El–Elohey–Isroil”, ma’nosi Xudo Isroilning Xudosidir. Yoqub (ya’ni Isroil) o‘zining Xudoga tegishli ekanligini e’lon qilmoqda (28:20-21 ga qarang). Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling