27:43 Xoron — 11:31 izohiga qarang.
27:45 …bir kunda akangdan ham, sendan ham ayrilib qolaman — agar Esov Yoqubni
o‘ldirganda edi, unga qotillik uchun o‘lim jazosi berilgan bo‘lardi, bunday holda Rivqo
ikkala o‘g‘lidan ham ayrilardi.
27:46 Xet — ya’ni Xet xalqidan (10:15 ga qarang).
28:2 Paddon–Oram — 25:20 izohiga qarang.
28:5 Oramlik — Paddon–Oramda istiqomat qilgan odam (25:20 ga va o‘sha oyatning
izohiga qarang).
28:9 Navayot — Ismoilning to‘ng‘ich o‘g‘li (25:13 ga qarang).
28:10 Xoron — 11:31 izohiga qarang.
28:12 zinapoya — yoki narvon (shu bobning 13–oyatida ham bor).
28:13 Zinapoyaning yonida… — yoki Yoqubning yonida… yoxud Zinapoyaning tepasida….
28:19 Baytil — ibroniychadagi ma’nosi Xudoning uyi. Baytil Quddusdan qariyb 19
kilometr shimolda joylashgan.
29:4 Xoron — 11:31 izohiga qarang.
29:17 chiroyli — yoki chaqnamagan, ya’ni so‘nik.
29:32 Ruben — ibroniychadagi ma’nosi Ko‘rib qo‘y, o‘g‘il! Bu ismning ba’zi ohanglari
ibroniychadagi u mening baxtsizligimni ko‘rdi va menga ko‘ngil qo‘yadi iboralarida
ishlatilgan. Shu sababdan Leax o‘z o‘g‘liga Ruben deb ism qo‘ygan edi.
29:33 Shimo‘n — ibroniychadagi eshitdi so‘ziga ohangdosh, bu ismning ba’zi ohanglari
ibroniychadagi erim menga ko‘ngilsiz iborasida ishlatilgan.
29:34 Levi — bu ism ibroniychadagi bog‘lanib qoladi so‘ziga ohangdosh.
29:35 Yahudo — bu ism ibroniychadagi hamdu sano aytaman so‘ziga ohangdosh.
30:3 …toki cho‘rim orqali men ham bolali bo‘layin — 16:2 izohiga qarang.
30:6 Dan — ibroniychadagi ma’nosi hukm qildi. Bu ism ibroniychadagi oqladi so‘ziga
ohangdosh.
Do'stlaringiz bilan baham: |