Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Rohila vafot etadi 
16 
Yoqub bilan uning oilasi Baytildan chiqib, Efrat tomon yo‘l oldilar. Ular Efratga hali 
yetib bormasdan, Rohilaning ko‘zi yoriydigan payti keldi, uni qattiq to‘lg‘oq tutib qoldi. 
17 
Rohila to‘lg‘oqdan ko‘p azob chekkandan keyin, nihoyat, doyasi: “Qo‘rqma, yana o‘g‘il 
tug‘ding”, dedi. 
18 
Rohila jon berayotganda, oxirgi nafasda o‘g‘lining ismini Beno‘n deb 
qo‘ydi. Otasi esa unga Benyamin* deb ism qo‘ydi. 
19 
Shunday qilib, Rohila vafot etdi va 
Efrat yo‘lida dafn qilindi. (Efrat hozir Baytlahm* deb yuritiladi.) 
20 
Yoqub Rohilaning 
qabriga yodgorlik toshi o‘rnatdi. Bu tosh shu kungacha* bor. 
21 
Shundan keyin Yoqub* yana ko‘chib, Eder minorasi ortida chodirini tikdi. 
Yoqubning o‘g‘illari 
22 
Yoqub o‘sha yerda yashayotganda, Ruben otasining cho‘risi* Bilxaxning yoniga 
kirdi*. Yoqub buni eshitib qoldi. 
Yoqubning o‘n ikkita o‘g‘li bor edi: 
23 
Leax tuqqan o‘g‘illari — Ruben (Yoqubning to‘ng‘ich o‘g‘li), Shimo‘n, Levi, 
Yahudo, Issaxor va Zabulun. 
24 
Rohila tuqqan o‘g‘illari — Yusuf bilan Benyamin. 
25 
Rohilaning cho‘risi Bilxax tuqqan o‘g‘illari — Dan bilan Naftali. 
26 
Leaxning cho‘risi Zilpo tuqqan o‘g‘illari — Gad bilan Osher. 
Yoqubning Paddon–Oramda tug‘ilgan o‘g‘illari ana shular edi. 
Is’hoq vafot etadi 
27 
Yoqub Mamrega — Xirat–Arbaga otasining uyiga keldi. (Xirat–Arba hozir Xevron 
deb yuritiladi.) Ibrohim va Is’hoq Xevronda istiqomat qilgan edilar. 
28 
Is’hoq 180 yil umr 
ko‘rdi. 
29 
U keksayib, yoshini yashab olamdan o‘tdi. O‘g‘illari Esov bilan Yoqub uni dafn 


Ibtido
50 
qilishdi. 
36–BOB 
Esovning nasl–nasabi 

Esovning nasl–nasabi tarixi quyidagichadir (u Edom ismi bilan taniqli): 

Esov Kan’onlik qizlarga uylangan edi. Birinchi xotinining ismi Oida bo‘lib, Xet 
xalqidan Elo‘n deganning qizi edi. Ikkinchisiniki Oxolibom bo‘lib, Xiv xalqidan Anah 
deganning qizi edi. Bobosining ismi Zibo‘n edi. 

Uchinchi xotinining ismi Bosimat bo‘lib, 
Ismoilning qizi edi. Qizning Navayot degan akasi bor edi. 

Oida Esovga Elifazni, Bosimat 
Ruvelni, 

Oxolibom esa Yoush, Yalom va Ko‘raxni tug‘ib berdi. Esovning Kan’on yurtida 
tug‘ilgan o‘g‘illari ana shulardir. 

So‘ngra Esov xotinlarini, bolalarini, xonadonidagi hamma odamlarini, podasiyu 
suruvlarini, Kan’on yurtida topgan jamiki boyliklarini olib, ukasi Yoqubdan uzoqroq 
yerga ko‘chib ketdi. 

Ikkovining podalari va suruvlari benihoya ko‘p bo‘lganidan, yer 
torlik qilib qolgan edi. 

Shuning uchun Esov, ya’ni Edom, Seir tog‘lariga* borib 
o‘rnashdi. 

Seir tog‘laridagi Edom xalqining ota–bobosi Esovning nasl–nasabi mana bulardir: 
10 
Esovning xotinlari Oida va Bosimat tuqqan o‘g‘illari quyidagilardir: Oida 
Elifazni tug‘di, Bosimat Ruvelni tug‘di. 
11 
Elifaz besh o‘g‘il ko‘rdi: Temon, O‘mar, Zafo‘, Gatam va Xanaz. 
12 
Elifazning 
cho‘risi* Timna ham unga o‘g‘il tug‘ib, ismini Omolek qo‘ydi. Esovning xotini 
Oidaning nabiralari ana shular edi. 
13 
Ruvel to‘rt o‘g‘il ko‘rdi: Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo. Bular Esovning xotini 
Bosimatning nabiralari edi. 
14 
Esovning uchinchi xotini Anahning qizi Oxolibom unga uch o‘g‘il tug‘ib berdi. 
O‘g‘illarining ismi Yoush, Yalom va Ko‘rax edi. 
15 
Esovning o‘g‘illari va nabiralari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari bo‘ldilar: 
Esovning to‘ng‘ich o‘g‘li Elifazning o‘g‘illari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari 
bo‘ldilar: Temon, O‘mar, Zafo‘, Xanaz, 
16 
Ko‘rax, Gatam va Omolek urug‘lari. 
Edom yurtidagi bu urug‘lar Esovning xotini Oidadan kelib chiqqan edi. 
17 
Esov o‘g‘li Ruvelning o‘g‘illari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari bo‘ldilar: 
Naxat, Zerax, Shammox va Mizzo urug‘lari. Edom yurtidagi bu urug‘lar 
Esovning xotini Bosimatdan paydo bo‘lgan edi. 
18 
Esovning xotini Oxolibomning o‘g‘illari quyidagi urug‘larning yo‘lboshchilari 
bo‘ldilar: Yoush, Yalom va Ko‘rax urug‘lari. Oxolibomning otasi Anah edi. 
19 
Esov, ya’ni Edomdan kelib chiqqan urug‘larning hammasi ana shulardir. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling