Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Xudo Baytilda Yoqubga marhamat qiladi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
35–BOB
Xudo Baytilda Yoqubga marhamat qiladi 1 Xudo Yoqubga dedi: — Qani, otlan, Baytilga ko‘chib bor, o‘sha yerda joylashib, Menga atab qurbongoh o‘rnat. Sen akang Esovdan qochib ketayotganingda, Men u yerda senga zohir bo‘lgan edim*. 2 Yoqub xonadonidagilarga va yonidagilarga aytdi: — Begona xudolaringizni yo‘qotinglar, o‘zlaringizni poklab, toza kiyimlaringizni kiyinglar. 3 Endi bu yerdan ketib, Baytilga boramiz. U yerda men Xudoga qurbongoh quraman. Kulfatda qolganimda, Xudo menga madad bergan edi. Qayerga borsam, U men bilan birga bo‘ldi. 4 Hammalari begona xudolarini, ziraklarini* Yoqubga berishdi. Yoqub bu narsalarni Shakam yaqinidagi eman daraxtining* ostiga ko‘mdi. Ibtido 49 5 Yoqub xonadonidagilarini boshlab yo‘lga tushganda, Xudo butun atrofdagi shaharlar aholisiga qo‘rquv yubordi. Shuning uchun hech kim ularni ta’qib qilmadi. 6 Nihoyat, Yoqub butun xonadon ahlini boshlab Luz shahriga yetib keldi. (Luz hozir Baytil deb yuritiladi.) 7 Yoqub bu yerda bir qurbongoh qurib, bu joyni Baytilning Xudosi* deb atadi. Yoqub akasidan qochib ketayotganda, Xudo O‘zini unga shu yerda zohir qilgan edi. 8 Shu orada Rivqoning enagasi Dobira vafot etdi*. Uni Baytilning yonidagi eman daraxti ostiga dafn qildilar. O‘shandan buyon bu daraxt Yig‘i daraxti* deb yuritiladi. 9 Yoqub Paddon–Oramdan* qaytib kelgandan keyin, Xudo unga yana zohir bo‘ldi va unga marhamat ko‘rsatib, dedi: 10 “Sening isming Yoqub, lekin bundan keyin seni Yoqub* deb chaqirmaydilar, sening isming Isroil* bo‘ladi.” Shuning uchun u Isroil deb nom oldi. 11 Xudo shunday dedi: — Men Qodir Xudoman, barakali bo‘l, nasling ko‘p bo‘lsin. Buyuk xalq, hatto ko‘p xalqlar sendan paydo bo‘ladi. Sen shohlarning bobosi bo‘lasan. 12 Men Ibrohimga va Is’hoqqa va’da qilgan yurtni senga beraman. Sendan keyin bu yerni naslingga beraman. 13 Shundan keyin Xudo Yoqubga gapirgan joyidan ketdi. 14 Yoqub o‘sha joyga yodgorlik toshi o‘rnatdi. So‘ngra yodgorlik toshi ustiga Xudoga atab sharob va zaytun moyi quydi. 15 Yoqub bu joyga Baytil* deb nom berdi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling