Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Is’hoq bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Is’hoq bilan Abumalek o‘rtasidagi ahdlashuv 
26 
Abumalek maslahatchisi Oxizat va lashkarboshisi Pixol bilan birga Garordan 
Is’hoqning oldiga bordi. 
27 
Is’hoq ularga dedi: 
— Nimaga mening oldimga keldingiz? Menga adovat bilan qarab, yeringizdan 
chiqarib yuborgan edingiz–ku! 
28 
— Bizga endi ayon bo‘ldi: Egang sen bilan birga ekan. Shuning uchun sen bilan biz 
ont ichib, ahd qilaylik, dedik. 
29 
Biz senga hech qanday yomonlik qilmagan edik, 
aksincha, olijanoblik qilib, eson–omon jo‘natib yuborgan edik. Sen ham: “Sizlarga 
yomonlik qilmayman”, deb qasam ich. Sen Xudoning yorlaqagani ekansan. 
30 
Is’hoq ularga ziyofat tayyorladi. Ular yeb–ichdilar. 
31 
Ertasi kuni ular erta tongda 
turib, bir–birlariga qasamyod qildilar. So‘ngra Is’hoq ularni uylariga eson–omon jo‘natib 
yubordi. 
32 
O‘sha kuni Is’hoqning xizmatkorlari kelib: “Biz suv topdik”, deb unga o‘zlari 
qazigan quduq to‘g‘risida aytdilar. 
33 
Is’hoq bu quduqqa Qasamyod* deb nom qo‘ydi. 
Shuning uchun shaharning nomi bugungacha Bershebadir*. 
Esovning ajnabiy xotinlari 
34 
Esov qirq yoshida Xet xalqidan ikkita qizga — Beri degan kishining Yahudit ismli 
qiziga va Elo‘n degan kishining Bosimat ismli qiziga uylandi. 
35 
Esovning bu xotinlari 
Is’hoq bilan Rivqoning boshiga ko‘p qora kunlarni soldilar. 
27–BOB 
Is’hoq Yoqubni duo qiladi 

Is’hoq qaridi, ko‘zlari xiralashib ko‘rmay qoldi. Bir kuni u o‘g‘li Esovni chaqirdi: 
— O‘g‘lim! 
— Labbay, otajon! — deb javob berdi Esov. 

— Ko‘rib turibsan, men qarib qoldim. To‘satdan o‘lib qolishim mumkin. 

Endi 
yoyingni, o‘qlaringni olib, dalaga chiq, menga bironta hayvonni ovlab kel. 

Keyin men 
yaxshi ko‘radigan bironta mazali taom tayyorlab keltir. Men taomni yeb, o‘limimdan 
oldin seni duo qilayin. 

Is’hoq o‘g‘li Esovga gapirayotganda, Rivqo eshitib turgan edi. Esov dalaga ovga 
ketganda, 

Rivqo o‘g‘li Yoqubga dedi: 
— Akang Esovga otangning aytgan gaplarini eshitib qoldim. 

Otang unga: “Menga 
bironta hayvon ovlab kel, men yaxshi ko‘radigan bironta mazali taom tayyorlagin, 
taomni yeb, o‘limimdan oldin Egam oldida seni duo qilayin”, dedi. 

Endi mening 
gaplarimni yaxshilab eshit, aytganimni qil, o‘g‘lim. 

Suruvga borib, menga ikkita 
uloqchani tanlab olib kel. Uloqchalardan otang yaxshi ko‘radigan mazali taom tayyorlab 
beray. 
10 
Sen taomni otangning oldiga olib kirib, unga yegizgin, toki otang o‘limidan 
oldin seni duo qilsin. 
11 
— Onajon, o‘zingiz bilasiz–ku, akam Esov serjun, mening terim esa silliq, — dedi 
Yoqub Rivqoga. 
12 
— Mabodo, otam meni paypaslab ushlab ko‘rsa, nima bo‘ladi? 
Aldayotganimni otam bilib qoladi. Otam meni duo qilish o‘rniga la’natlaydi. 
13 
— O‘sha la’nat menga kelsin, bolaginam, — dedi Rivqo. — Endi aytganimni qil, bor, 
uloqchalarni olib kel. 
14 
Yoqub onasining buyrug‘iga itoat etib, ikkita uloqchani olib keldi. Rivqo 
uloqchalardan Is’hoq yaxshi ko‘rgan mazali taom tayyorladi. 
15 
So‘ng u Esovning uydagi 


Ibtido
36 
yaxshi kiyimlarini oldi–da, Yoqubga kiygizdi. 
16 
Uloqchalarning terisini Yoqubning 
qo‘llariga va bo‘ynining tuksiz joylariga o‘radi. 
17 
O‘zi tayyorlagan mazali taom bilan 
nonni o‘g‘li Yoqubning qo‘liga berdi. 
18 
Shunday qilib, Yoqub taom to‘la laganni otasining oldiga olib kirdi. 
— Assalomu alaykum, otajon! 
— Va alaykum assalom! Qaysi biringsan, o‘g‘lim, Esovmisan, Yoqubmisan? 
19 
— To‘ng‘ichingiz Esovman, — dedi Yoqub otasiga. — Aytganingizni qildim, mana, 
ovimdan siz yaxshi ko‘rgan taom tayyorladim. Turing, yeb, meni duo qiling. 
20 
Is’hoq o‘g‘liga: 
— Darrov topib keldingmi, o‘g‘lim? — dedi. 
— Egangiz Xudo yo‘limni o‘ngladi, — deb javob berdi Yoqub. 
21 
Shundan keyin Is’hoq Yoqubga dedi: 
— Yaqinroq kel–chi, o‘g‘lim, ushlab ko‘ray–chi, haqiqatan ham o‘g‘lim Esovmisan 
yoki yo‘qmi, bilayin. 
22 
Yoqub otasiga yaqinroq bordi. Is’hoq uni paypaslab: 
— Ovoz — Yoqubning ovozi, qo‘llar esa Esovning qo‘llari, — dedi. 
23 
Yoqubning qo‘llari Esovning qo‘llariga o‘xshab serjun tuyulgani uchun Is’hoq uni 
tanimadi. Shuning uchun Is’hoq Yoqubni duo qilishga chog‘landi–yu, lekin yana so‘radi: 
24 
— Sen haqiqatan o‘g‘lim Esovmisan? 
— Ha, Esovman, — deb javob berdi u. 
25 
Shundan keyin Is’hoq: 
— Endi taomni keltir, — dedi. — Taomingdan yeb, seni duo qilayin. 
Yoqub taomni otasiga keltirib berdi. Is’hoq taomni yeb bo‘lgach, Yoqub unga sharob 
keltirdi. Is’hoq sharobni ham ichdi. 
26 
So‘ngra Is’hoq unga: 
— Yaqinroq kelib, meni o‘p, o‘g‘lim, — dedi. 
27 
Yoqub yaqinlashib, otasini o‘pdi. 
Is’hoq uning kiyimlarini hidlab, shunday duo qildi: 
“O, o‘g‘limning yoqimli hidi 
Egam marhamat qilgan 
Dalaning hidiga o‘xshar. 
28 
Xudoyim yog‘dirsin senga 
Osmon shabnamini, 
Bersin yerning unumdor tuprog‘ini, 
Mo‘l–ko‘l don va sharobni. 
29 
Xizmat qilsin senga xalqlar, 
Ta’zim qilsin senga el–uluslar. 
Hukmron bo‘lgin qarindoshlaring ustidan, 
Ta’zim qilsin onangning nasli senga. 
Seni la’natlagan la’nati bo‘lsin, 
Seni duo qilgan baraka topsin.” 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling