Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
Sado‘m va G‘amo‘ra vayron qilinadi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mo‘ab va Ommon xalqlarining kelib chiqishi
Sado‘m va G‘amo‘ra vayron qilinadi
24 Shundan keyin Egamiz Sado‘m va G‘amo‘ra shaharlari ustiga yonayotgan oltingugurt yog‘dirdi. 25 Yonayotgan oltingugurt bu shaharlar qatorida vodiydagi hamma shaharlarni aholisiyu o‘t–o‘lanlari bilan birga qirib tashladi. 26 Lutning ortidan xotini kelayotgan edi. Xotini orqasiga qaragan edi, tuz ustuniga aylanib qoldi. 27 Keyingi kuni ertalab Ibrohim Egamiz bilan gaplashgan joyga qaytib bordi. 28 Sado‘m, G‘amo‘ra va butun vodiyga qarab, u yerlardan tutun ko‘tarilayotganini ko‘rdi. Bu manzara go‘yo tandirdan chiqayotgan tutunni eslatardi. 29 Xudo vodiydagi shaharlarni qirib, Lut yashayotgan shaharlarga falokat yog‘dirganda, Ibrohimni esdan chiqarmagan edi. Shuning uchun Xudo Lutni falokatdan asrab qoldi. Mo‘ab va Ommon xalqlarining kelib chiqishi 30 Lut Zo‘varda turishdan qo‘rqib, ikkala qizi bilan tog‘dagi bir g‘orga joylashib, o‘sha yerda yashayverdi. 31 Bir kuni katta qizi kichigiga dedi: — Bu atroflarda bizga uylanadigan birorta erkak qolmagan. Otamiz esa qarib qolyapti. 32 Kel, otamizga sharob ichiramiz–da, keyin uning yoniga kiramiz. Shu yo‘l bilan otamizdan naslimizni davom ettiramiz. 33 Shunday qilib, ular o‘sha kuni kechasi otalariga sharob ichirdilar. Katta qizi otasining yoniga kirdi. Otasi qizining qachon kirib, qachon turganini bilmadi. 34 Keyingi kuni katta qizi kichigiga dedi: — Kecha tunda men otamning yoniga kirdim. Bugun ham otamizga sharob ichiraylik, keyin sen otamizning yoniga kirasan. Shu yo‘l bilan otamizdan naslimizni davom ettiramiz. 35 Shunday qilib, ular o‘sha kuni kechasi ham otalariga sharob ichirdilar. Kichik qiz otasining yoniga kirdi. Otasi kichik qizining qachon kirib, qachon turganini bilmadi. 36 Shunday qilib, Lutning ikkala qizi ham otalaridan homilador bo‘ldilar. 37 Katta qizi o‘g‘il tug‘di va ismini Mo‘ab* qo‘ydi. U bugungi kunda Mo‘ab xalqining ota–bobosi hisoblanadi. 38 Kichik qiz ham o‘g‘il tug‘di va ismini Banommi* qo‘ydi. U bugungi kunda Ommon xalqining ota–bobosi hisoblanadi. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling