Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Ibrohim Sado‘m uchun yolvoradi


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Ibrohim Sado‘m uchun yolvoradi 
16 
Shundan keyin uchalovi o‘rinlaridan turib, Sado‘m tomonga yo‘l oldilar. Ibrohim, 
ularni kuzatib qo‘yay deb, birga yurdi. 
17 
Egamiz: “Men qilmoqchi bo‘lgan ishlarimni 
Ibrohimdan sir tutmayman”, dedi O‘ziga. 
18 
“Ibrohimdan buyuk, qudratli xalq kelib 
chiqadi. Yer yuzidagi jamiki xalqlar u orqali baraka topadi. 
19 
Ibrohim o‘g‘illarini, o‘z 
naslini Mening yo‘limdan yurishga, to‘g‘rilik va adolat bilan ish qilishlariga yo‘l 
ko‘rsatsin deb, uni tanlaganman. Shunda Men Ibrohimga bergan va’damni bajaraman.” 
20 
So‘ngra Egamiz Ibrohimga dedi: 
— Sado‘m va G‘amo‘ra aholisining razilligi, ularning og‘ir gunohlari haqidagi ohu 


Ibtido
22 
fig‘onlar Menga yetib keldi. 
21 
Men pastga tushib ko‘ray–chi, ularning hammasi 
haqiqatan ham shunchalik gunohga botib ketibdimikan?! 
22 
Shundan keyin ikki kishi Sado‘mga qarab yo‘l oldi. Egamiz esa Ibrohim bilan qoldi. 
23 
Ibrohim Unga qarab, so‘radi: 
— Sen gunohkorni ham, begunohni ham birday qirib tashlayverasanmi? 
24 
Aytaylik, 
shaharda ellikta begunoh odam topsang, shaharni vayron qilaverasanmi? Begunoh 
odamlarning haqi–hurmati uchun shaharga rahm qilmaysanmi? 
25 
Nahotki gunohsiz 
odamni gunohkor bilan birga yo‘q qilsang?! Aslo! Sen gunohsizning boshiga 
gunohkorning kunini solmaysan–ku! Axir, Sen butun olamning Hokimisan, adolat ila ish 
tutasan! 
26 
— Agar Men Sado‘mda ellikta begunoh odamni topsam, — dedi Egamiz, — 
ularning haqi–hurmati uchun butun shaharga rahm qilaman. 
27 
— Ey Rabbiy! Men tuproq va kul bo‘lsam ham, Senga gapirayotganimda 
qo‘polligim uchun kechirgin, — dedi Ibrohim. 
28 
— Ellikta begunoh odamga beshta 
yetmasa–chi? Beshta kam bo‘lgani uchun butun shaharni qirib tashlaysanmi? 
— Agar u yerda qirq beshta solih odamni topsam, shaharni qirib tashlamayman. 
29 
Ibrohim Egamizga yana gapirdi: 
— Balki u yerda qirqta begunoh odam topilar. 
— O‘sha qirqta begunohning haqi–hurmati uchun bu ishni qilmayman, — dedi 
Egamiz. 
30 
— Yo Rabbiy! — dedi Ibrohim. — Gapirsam, O‘zing kechirgaysan. Balki u yerda 
o‘ttizta begunoh topilar? 
— Agar u yerda o‘ttizta begunoh odamni topsam, shaharni qirib tashlamayman, — 
deb javob berdi U. 
31 
— Rabbiy! Gapirayotganimda qo‘polligim uchun kechirgin, — dedi Ibrohim. — 
Balki u yerda yigirmata begunoh odam topilar? 
— O‘sha yigirmata begunoh odamning haqi–hurmati uchun shaharni qirib 
tashlamayman, — dedi U. 
32 
— Rabbiy! Yana bir marta gapirsam, O‘zing kechirgaysan, — dedi Ibrohim. — 
Balki u yerda o‘nta begunoh odam topilar? 
— O‘sha o‘nta begunoh odamning haqi–hurmati uchun shaharni qirib 
tashlamayman, — deb javob berdi Egamiz. 
33 
Egamiz Ibrohim bilan gaplashib bo‘lgach, O‘z yo‘liga ketdi. Ibrohim ham chodiriga 
qaytdi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling