Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97
Bog'liq
Gen Part

16–BOB 
Hojar va Ismoil 

Ibromning* xotini Soray* hamon bola ko‘rmas edi. Soray Misrlik Hojar degan bir 
ayolni cho‘ri qilib olgan edi. 

Bir kuni Soray Ibromga aytdi: 
— Egamiz meni farzanddan qisdi. Endi cho‘rimning yoniga kiravering. Balki u orqali 
farzandli bo‘larman*. 
Ibrom Sorayning taklifiga rozi bo‘ldi. 

Shunday qilib, Ibromning xotini Soray Misrlik 
cho‘risi Hojarni eriga xotin* qilib olib berdi. Bu voqea yuz berganda, Ibrom Kan’on 
yurtiga kirganiga o‘n yil bo‘lgan edi. 

Ibrom Hojarning yoniga kirdi. Hojar homilador 
bo‘ldi. Hojar homiladorligini bilgach, bekasi Sorayni nazar–pisand qilmay qo‘ydi. 

Shunda Soray Ibromga dedi: 
— Cho‘rimga imtiyoz berib, o‘zim uni sizning qo‘yningizga solib qo‘ydim. Endi u 
homilador bo‘lib, meni nazariga ilmay qo‘ydi–ya. Bularning hammasiga siz aybdorsiz!* 
Xudoga soldim, qay birimizning haq ekanimizni Xudo hal qilsin! 

Ibrom Sorayga: 
— Hozir ham u sening cho‘ring, unga istaganingni qilaver, — deb javob berdi. Soray 
Hojarga shunaqangi shafqatsizlik qildiki, Hojar qochib ketishga majbur bo‘ldi. 

Egamizning farishtasi sahrodagi buloq yonida — Shurga* boradigan yo‘l bo‘yida 
Hojarni topdi. 

— Ey Hojar, Sorayning cho‘risi! Qayerdan kelib, qayerga ketyapsan? — deb so‘radi. 
— Bekam Soraydan qochib kelyapman, — deb javob berdi Hojar. 

— Bekangning yoniga qayt, unga itoat et, — dedi Egamizning farishtasi Hojarga. 
10 
— Sening naslingni shu qadar ko‘p qilamanki, ko‘pligidan hech kim sanay olmaydi. 
11 
Egamizning farishtasi Hojarga yana gapirdi: 
“Sen homiladorsan va tuqqaysan o‘g‘il, 
Egamiz eshitdi jafolaringni, 
Uning ismini qo‘ygaysan Ismoil*. 
12 
O‘g‘ling bo‘lg‘ay asov eshakday, 
Uning qo‘li ko‘tarilgay hammaga qarshi 
Va hammaning qo‘li — unga qarshi, 
Qarindoshlari bilan dushman bo‘lib yashagay*.” 
13 
Hojar: “Meni ko‘radigan Xudoni ko‘rdim–a!”* dedi. Shuning uchun u o‘ziga 
gapirgan Egamizga: “Meni ko‘radigan Xudosan”* deb nom berdi. 
14 
Shuning uchun bu 
quduqqa Ber–Laxay–Ruy* deb nom berilgan. Quduq Kadesh bilan Barid orasida 
joylashgan. 
15 
Hojar Ibromga o‘g‘il tug‘ib berdi, Ibrom bu bolaga Ismoil deb ism qo‘ydi. 
16 
Bu 
paytda Ibrom sakson olti yoshda edi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling