Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish
–BOB Xudo Ibrohimga o‘g‘il va’da qiladi
Download 0.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Gen Part
18–BOB
Xudo Ibrohimga o‘g‘il va’da qiladi 1 Kunning jazirama issiq payti edi. Ibrohim Mamredagi muqaddas emanzorda* chodiriga kiraverishda o‘tirgan edi, shu payt Egamiz unga zohir bo‘ldi. 2 Shu lahzada Ibrohim ro‘parasida uchta odam turganini bildi. Ibrohim uchalasini ko‘rgan zahoti ularni kutib olgani yugurib bordi va muk tushib ta’zim qildi. 3 — Hazratim*, — dedi Ibrohim, — marhamatingizni darig‘ tutmanglar, bu qulingizning eshigini bosib o‘tib ketmanglar. 4 Xizmatkorlarim suv keltirishsin, oyoqlaringizni yuvishsin, o‘zlaringiz daraxtning soyasida dam olinglar. 5 Modomiki, bu qulingizning xonadoniga tashrif buyuribsizlar, men non–pon olib kelay. Sayohatingizni davom ettirishdan oldin bardam bo‘lib olinglar. — Mayli, — deyishdi ular, — aytganingday qilaver. 6 Ibrohim shoshilganicha chodirga qaytdi–da, Soraga dedi: — Tez bo‘l! Unning yaxshisidan darrov bir tog‘ora* olib, non yop. 7 So‘ngra podaga borib, semiz buzoqni tanladi va xizmatkoriga berdi. Xizmatkor darrov buzoqni so‘yib, taom tayyorlashga kirishdi. 8 U suzma, sut va pishirib tayyorlangan buzoq go‘shtini olib, mehmonlarning oldiga qo‘ydi. Mehmonlar ovqatlanishayotganda, Ibrohim daraxt ostida ularga o‘zi xizmat qilib turdi. 9 — Xotining Sora qayerda? — deb so‘rashdi ular. — Shu yerda, chodirda, — deb javob berdi Ibrohim. 10 Ulardan biri*: — Men kelgusi yili shu paytda* qaytib kelganimda, xotining Sora o‘g‘illi bo‘ladi, — dedi. Sora chodir pardasining orqasida, chodirga kiraverish yonida bu suhbatni eshitib turardi. 11 Bu paytda Ibrohim ham, Sora ham juda keksayib qolishgan, Sora bola tug‘ish davridan ancha o‘tgan edi. 12 U ichida kulib, o‘zicha o‘yladi: “Men munkillagan kampir bo‘lsam–u, qanday qilib lazzatlana olardim?! Buning ustiga, xo‘jayinim ham qarib qolgan bo‘lsa.” 13 Shunda Egamiz* yana Ibrohimga aytdi: — Nima uchun Sora kuldi? Nimaga u: “Qarib qolgan bo‘lsam, bola tug‘armidim”, dedi? 14 Men — Egangiz uchun imkonsiz narsa bor ekanmi?! Kelgusi yil shu paytda Men qaytib kelaman. O‘shanda Sora o‘g‘illi bo‘ladi. 15 Lekin Sora qo‘rqib ketgan edi. — Kulmadim, — deb gapidan tondi u. — Yo‘q, kulding, — dedi Egamiz. Download 0.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling