Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


–BOB  Ahd belgisi — sunnat


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97
Bog'liq
Gen Part

17–BOB 
Ahd belgisi — sunnat 

Ibrom* to‘qson to‘qqiz yoshga kirganda, Egamiz unga zohir bo‘lib, dedi: 


Ibtido
20 
— Men Qodir Xudoman. Men ko‘rsatgan yo‘ldan yur, har doim pokdil bo‘lib 
yashagin. 

Men sen bilan ahd qilaman, senga juda ko‘p nasllar ato qilaman. 

Ibrom yerga muk tushib ta’zim qildi. Keyin Xudo unga aytdi: 

— Sen bilan qiladigan ahdim shudir: sen ko‘plab xalqlarning otasi bo‘lasan. 

Endi 
sening ismingni o‘zgartiraman. Isming endi Ibrom emas, Ibrohim* bo‘ladi. Chunki Men 
seni ko‘plab xalqlarning otasi qilaman. 

Seni juda ham barakali qilaman, sendan xalqlar 
yarataman, sendan shohlar kelib chiqadi. 

Men senga va sendan keyingi nasllaringga 
bergan va’damda turaman. Bu abadiy ahd bo‘ladi. Men doimo Sening Xudoying, sendan 
keyingi nasllaringning Xudosi bo‘lib qolaman. 

Sen musofir bo‘lib yashab turgan mana 
shu Kan’on yurtining hammasini Men senga va nasllaringga abadiy mulk qilib beraman. 
Men ularning Xudosi bo‘laman. 

Xudo Ibrohimga yana dedi: 
— Sen va sendan keyingi nasllaring avlodlar osha Men bilan qilgan ahdga rioya 
qilishlaringiz lozim. 
10 
Sen va sening nasllaring rioya qilishlaringiz kerak bo‘lgan ahdim 
quyidagichadir: orangizdagi har bir erkak sunnat qilinsin. 
11 
Sunnat — sen bilan Mening 
o‘rtamizdagi ahdning belgisi bo‘ladi. 
12 
Hozirdan boshlab nasllar osha xonadoningdagi 
har bir o‘g‘il bola tug‘ilgandan keyin sakkiz kun o‘tgach, sunnat qilinsin. Bu faqat sening 
oila a’zolaringgagina tegishli bo‘lmay, balki xonadoningda tug‘ilgan xizmatkorlaringga 
va sening naslingdan bo‘lmagan, begonalardan sotib olgan xizmatkorlaringga ham 
tegishlidir. 
13 
Xonadoningda tug‘ilgan xizmatkorlaring ham, sotib olingan 
xizmatkorlaring ham sunnat qilinsin. Shunday qilib, Mening sen bilan qilgan ahdim 
abadiy ekanini tanangizdagi belgi ko‘rsatib turadi. 
14 
Sunnat qilinmagan erkak xalqim 
orasidan yo‘q qilinsin. U Mening ahdimni buzgan hisoblanadi. 
15 
Xudo Ibrohimga yana aytdi: 
— Xotining Sorayga kelsak, uning ismi bundan keyin Soray bo‘lmasin. Hozirdan 
boshlab uni Sora* deb chaqir. 
16 
Men Soraga marhamat ko‘rsataman. Men undan senga 
o‘g‘il ato qilaman. Ha, Men Soraga shunchalik baraka beramanki, u ko‘p xalqlarning 
onasi bo‘ladi. Uning nasllari orasidan shohlar chiqadi. 
17 
Ibrohim muk tushib ta’zim qildi, keyin kulib qo‘ydi–da, o‘ziga o‘zi dedi: “Yuz 
yoshga kirgan odam bola ko‘rar ekanmi?! Buning ustiga, Sora ham to‘qsonga kirdi, endi 
bola tug‘armidi?!” 
18 
Ibrohim Xudoga: 
— Qaniydi, Ismoil Sening marhamating ostida yashasa, — dedi. 
19 
— Yo‘q, xotining Sora senga o‘g‘il tug‘ib beradi, — dedi Xudo. — Sen o‘g‘lingning 
otini Is’hoq* qo‘yasan. Men o‘g‘ling bilan va uning kelgusi nasli bilan abadiy ahdimni 
davom ettiraman. 
20 
Ismoil to‘g‘risida qilgan iltimosingni ham eshitdim. Men unga 
baraka beraman, uning naslini haddan tashqari ko‘paytiraman. U o‘n ikki 
yo‘lboshchining otasi bo‘ladi. Undan buyuk xalq keltirib chiqaraman. 
21 
Lekin Men O‘z 
ahdimni tug‘iladigan o‘g‘ling Is’hoq bilan qilaman. Kelgusi yili xuddi shu paytda Sora 
senga Is’hoqni tug‘ib beradi. 
22 
Xudo Ibrohim bilan gaplashib bo‘lgach, uning yonidan ketdi. 
23 
O‘sha kuniyoq Ibrohim Xudo amr etganday qildi: o‘g‘li Ismoilni, xonadonida 
tug‘ilgan xizmatkorlarini, begonalardan sotib olgan xizmatkorlarini — xonadonidagi 
hamma erkakni sunnat qildi. 
24 
Ibrohim sunnat qilinganda, to‘qson to‘qqiz yoshda, 
25 
o‘g‘li Ismoil o‘n uch yoshda edi. 
26 
Ibrohim bilan o‘g‘li bir kunda sunnat qilindilar. 
27 
Shunday qilib, Ibrohimning xonadonidagi jamiki erkak zoti ham u bilan birga sunnat 


Ibtido
21 
qilindi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling