Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Lut Sado‘mdan ketadi 
12 
Shundan keyin farishtalar Lutdan so‘rashdi: 
— Bu shaharda sening yana kiming bor? Kuyovingmi, o‘g‘illaringmi, qizlaringmi — 
senga qarashli kim bo‘lsa ham, shahardan olib chiqib ket. 
13 
Biz shaharni butunlay qirib 
tashlaymiz. Bu shahar aholisining razilligiyu og‘ir gunohlari haqidagi ohu fig‘onlar 
Egamizga yetib bordi. “Bu shaharni qirib tashlanglar”, deb U bizni yubordi. 
14 
Shundan keyin Lut bo‘lajak kuyovlari oldiga borib: 
— Tezda shahardan chiqib ketinglar! — dedi. — Egam bu shaharni qirib 
tashlamoqchi. 
Lekin Lutning gapi kuyovlariga hazil bo‘lib tuyuldi. 
15 
Tong otgach, farishtalar Lutni 
shoshiltirishdi: 
— Tez bo‘l! Xotining bilan ikkala qizingni olib, hoziroq bu yerdan jo‘na! Bo‘lmasa, 
shaharga qirg‘in kelganda, sizlar ham halok bo‘lasizlar! 
16 
Lut hali ham ikkilanib turganda, farishtalar Lutni, xotinini va ikkala qizini 
qo‘llaridan ushlab, shahar tashqarisiga olib chiqib qo‘ydilar. Chunki Egamiz shafqatli 
edi. 
17 
Farishtalar ularni shahar tashqarisiga olib chiqib qo‘yganlaridan keyin, ulardan 
biri ogohlantirdi: 
— Qochinglar, jonlaringni qutqaringlar! Orqaga qaramanglar, vodiydagi biron joyda 
to‘xtamanglar! Toqqa qarab qochinglar! Bo‘lmasa, halok bo‘lasizlar! 
18 
— Yo‘q, Hazratim! — deb iltijo qildi Lut. 
19 
— Bu qulingizga ko‘p inoyat 
ko‘rsatdingiz, hayotimni qutqarib qoldingiz, menga ko‘p shafqat qildingiz. Lekin tog‘ 
juda ham uzoq. Men falokatga yo‘liqib, u yerga yetib borolmay o‘lib ketaman–ku! 
20 
Hov 
anavi shaharchani ko‘ryapsizmi? O‘zi kichkinagina shaharcha, uncha uzoq emas. Men 


Ibtido
24 
o‘sha yoqqa qochib bora qolay. O‘shanda men jonimni saqlab qolaman. 
21 
— Bo‘pti! — dedi farishta Lutga. — Sen aytganday bo‘lsin. O‘sha kichkina shaharni 
yo‘q qilmayman. 
22 
Tez bo‘l, o‘sha yoqqa qoch! Sen o‘sha shaharga yetib 
bormaguningcha, men hech narsa qilolmayman. 
Lut shaharni kichkina degani uchun, bu shahar Zo‘var* deb yuritiladigan bo‘ldi. 
23 
Quyosh chiqayotganda, Lut Zo‘varga yetib keldi. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling