Ibtido (tavrotning birinchi kitobi) Kirish


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/97
Sana31.01.2024
Hajmi0.96 Mb.
#1830778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97
Bog'liq
Gen Part

Adan bog‘i 
Parvardigor Egamiz osmon bilan yerni yaratgan paytda 

yer yuzida na biron o‘t, na 
biron giyoh ungan edi. Chunki Parvardigor Egamiz hali yerga yomg‘ir yog‘dirmagan, 
yerga ishlov beradigan biron kimsa yaratmagan edi. 

Lekin yer ostidan suv chiqib*, 
butun yer yuzini sug‘orardi. 

Shundan keyin Parvardigor Egamiz yerning tuprog‘idan 
odamni* yasadi va uning burun teshigidan puflab, jon ato etdi. Shunday qilib, odam tirik 
jon bo‘ldi. 

Parvardigor Egamiz sharqda — Adan degan joyda bog‘ barpo qilib, O‘zi 
yaratgan odamni o‘sha boqqa qo‘ydi. 

Keyin Parvardigor Egamiz yerdan chiroyli, 
lazzatli meva beradigan har xil daraxtlarni o‘stirdi. Bog‘ning o‘rtasida esa hayot 
daraxtini va yaxshilik bilan yomonlikni bilish daraxtini o‘stirdi. 
10 
Adandan bir daryo oqib kelib, bog‘ni sug‘oradi va o‘sha yerda to‘rt irmoqqa 
bo‘linadi. 
11 
Birinchi irmoqning nomi Pishon bo‘lib, butun Xavila yeri bo‘ylab oqadi. Bu 
joyda oltin bor. 
12 
O‘sha yerning oltini juda ham tozadir. U yerda marvarid* va aqiq 
toshlar ham bor. 
13 
Ikkinchi irmoqning nomi Gixo‘n bo‘lib, butun Kush* yeri bo‘ylab 
oqadi. 
14 
Uchinchi irmoqning nomi Dajla bo‘lib, Ossuriya shahrining sharqidan oqib 
o‘tadi. To‘rtinchi irmoqning nomi Furotdir. 
15 
Shunday qilib, Parvardigor Egamiz, bu odam boqqa ishlov bersin, parvarish qilsin 
deb, uni Adan bog‘iga joylashtirdi. 
16 
Parvardigor Egamiz unga shunday amr qildi: “Sen 
bog‘dagi hamma daraxtning mevasidan bemalol yeyaver. 
17 
Lekin yaxshilik va 
yomonlikni bilish daraxtining mevasidan yemaysan, undan yeyishing bilanoq, 
shubhasiz, o‘lasan.” 


Ibtido

18 
So‘ngra Parvardigor Egamiz: “Odamning yolg‘iz bo‘lishi yaxshi emas, unga 
munosib sherik yarataman”, dedi. 
19 
Shunday qilib, U tuproqdan har xil hayvonlarni va 
har xil qushlarni yaratdi. “Bu jonivorlarni odam ko‘rib qanaqa nom berarkin”, deya 
ularni odamning oldiga olib keldi. Odam har bir jonivor uchun nom tanladi. 
20 
Odam 
hamma chorvaga, qushlarga va yovvoyi hayvonlarga nom berdi. Lekin hamon odamga 
munosib sherik yo‘q edi. 
21 
Shu boisdan Parvardigor Egamiz uni qattiq uxlatib qo‘ydi. 
Odam uxlab yotganda, Xudo uning qovurg‘asidan bittasini olib, o‘rnini berkitib qo‘ydi. 
22 
Parvardigor Egamiz odamning qovurg‘asidan xotin kishini yaratdi va uni odamning 
oldiga olib keldi. 
23 
Shunda odam aytdi: 
“Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo bo‘lgan suyakdir, 
Mening etimdan yaralgan etdir. 
U Xotin deb atalgay, 
Chunki u erkakdan* yaratilgandir.” 
24 
Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo‘lak bo‘lib, xotiniga bog‘lanib qoladi, 
ikkalasi bir tan bo‘ladilar. 
25 
Odam bilan xotini qip–yalang‘och yurardilar, bir–birlaridan uyalish hissini 
sezmasdilar. 

Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   97




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling