Ich ta’limda matematika va uni o`qitish metodikasi” kafedrasining 2022-yil 28-dekabr kuni o‘tkazilgan 5/2-sonli yig
Download 43.16 Kb.
|
Ko`chirma abiyev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boshlang ‘ich ta’limda matematika va uni o`qitish metodikasi”
- QAROR QILADI: “Boshlang ‘ich ta’limda matematika va uni o`qitish metodikasi”
- Kafedra mudiri
“Boshlang‘ich ta’limda matematika va uni o`qitish metodikasi” kafedrasining 2022-yil 28-dekabr kuni o‘tkazilgan 5/2-sonli yig‘ilish bayonnomasidan KO‘CHIRMA Qatnashdilar: Kafedra mudiri p.f.n. professori v.b. H.Sanakulov kafedraning barcha a’zolari Kun tartibi: “Boshlang‘ich ta’limda matematika va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi R. Abiyevning “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan 2022- yil 17 -dekabr 2 -juftlik 2-50 audatoriyada o‘tkazilgan “O’quvchilarning mustaqil ish shakllari va usullari” mavzusidagi ochiq darsi muhokamasi. Eshitildi: Kafedra mudiri H.Sanakulov so‘zga chiqib, 2022- yil 26 -oktabr kuni kafedra o’qituvchisi R. Abiyevning “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan 308 - guruhida “O’quvchilarning mustaqil ish shakllari va usullari” mavzusidagi ochiq seminar mashg’ulotini muhokama qilib olish lozimligini aytib o‘tdi va amaliyotchining o`ziga so`z berdi. Kafedra o’qituvchisi R. Abiyev–– mashg`ulot reja asosida tashkil etildi. Mavzu mohiyatini yoritishda belgilangan rejadan foydalanildi. Amaliy mashg’ulotida talabalarning faol ishtiroklarini ta’minlash asosida ularda yangi bilimlarni hosil qilish edi. Axborot va pedagogik texnologiyalaridan, slayd taqdimotlaridan foydalandim. Darsdan ko`zlangan maqsadimga erisha oldim deb hisoblayman. So‘zga chiqdilar: o’qituvchi U. Sultanova- Mazkur ochiq dars ilmiy jihatdan to`g`ri tashkil qilingan. Darsda talabalar fikrlarini erkin bildirdilar. Talabalar darsga yaxshi tayyorgarlik ko`rgan. Darsni yaxshi deb baholash mumkin. Bundan tashqari talabalarga mavzu mohiyatini ochib berishda talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari mustaqil ta’limlariga alohida e’tibor berildi. O’qituvchi R.Abiyevning – 308-guruhida “O’quvchilarning mustaqil ish shakllari va usullari” mavzusida tashkil etilgan ochiq dars qiziqarli, ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etildi. Mashg`ulotga har bir talaba jalb etildi. Bundan bir necha yillar oldin ta’lim sub’ekti sifatida faqat o’qituvchi qaralgan bo’lsa bugungi kunda mustaqil ta’limning faol ishtirokchisi sifatida talaba ham ta’lim sub’rktiga aylandi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Ko‘rilgan masala yuzasidan kafedra yig’ilishi QAROR QILADI: “Boshlang‘ich ta’limda matematika va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi R. Abiyevning “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan “O’quvchilarning mustaqil ish shakllari va usullari” mavzusidagi ochiq seminar mashg`uloti metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil etildi va OTMda o`tkaziladigan ochiq darslarga qo`yiladigan talablarga to`liq mosligi qayd etilsin. “Boshlang‘ich ta’limda matematika va uni o`qitish metodikasi” kafedrasi o’qituvchisi R. Abiyevning “Matematika o‘qitish metodikasi” fanidan “O’quvchilarning mustaqil ish shakllari va usullari” mavzusida o`tkazilgan ochiq seminar mashg`uloti 7.8 ball bilan baholansin. Kafedra mudiri: H.Sanakulov Kotiba: U. Sultonova Download 43.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling