Ichak infeksiyalari. Reja
Botulizm. Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik. Sababi
Download 19.98 Kb.
|
Ichak infeksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yordam.
- Oldini olish.
Botulizm. Organizmning umumiy intoksikatsiyasi bilan kechadigan og'ir yuqumli kasallik.
Sababi. Botulins mikrobi bilan zararlangan konserva, kalbasa, pishloq mahsulotlarini iste`mol qilish. Zararlangan konserva qutisining qopqog`i ichida gaz (havo) paydo bo'lgani uchun shishadi. Zararlangan kalbasa va pishloqni barmoq bilan bosganda g`ijirlaydi, ya'ni ichida gaz (havo) borligi aniqlanadi. Kalbasa va pishloqning po'sti yopishib turmaydi, ya'ni ko'chib qoladi, yumshoq bo`ladi. Belgilari. Kasallik ko'ngil aynish, qusish bilan boshlanadi. Bemorning tomog'iga bir narsa tiqilgandek bo'ladi, yutish qiyinlashadi, ichilgan suv burun orqali qaytib chiqadi, bemorning ovozi xirillab qoladi, ba'zida yo'qoladi. Bemorning ko`zi xiralashadi. Ko'pincha ko'z g'ilaylashadi, shu sababdan bitta narsa ikkita bo'lib ko'rinadi. Ko'z qorachig'i har xil kattalikda bo`ladi, qovoqlari osilib qoladi. Kasallik og'ir kechadi. Tibbiy yordam. 1.Tez yordam chaqirib, bemor yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuborilishi kerak. 2.Tez yordam kelguncha, quyidagi birinchi tibbiy yordam ko'rsatiladi: me`dani yuvish: tozalovchi klizma qo'yish; so`ngra, bemorni issiq to'shakka yotqizish, oyoqlariga issiq grelka qo'yish; issiq, shirin choy, iliq mineral suv, issiq shirin sut ichirish; kofein, kordiamin, kamfora (bittasi) - 1 ml teri ostiga; intoksikatsiyaga qarshi tadbirlar; shifoxona sharoitida botulins mikrobiga qarshi zardob yuboriladi; levometsitin, furazolidon, gentamitsin qo'llanadi. Oldini olish. Qopqog'i shishgan konserva, po'sti ko'chib, yumshab qolgan kalbasa va pishloq mahsulotlarini iste`mol qilmaslik. Yuqumli gepatit. Jigar to`qimasining yallig`lanishi, jigarda ishlab chiqariladigan o`t suyuqligi tarkibadagi bilirubin moddasining qonga o'tishi tufayli terining sarg'ayishi va organizmining intoksikatsiyasi bilan kechadigan yuqumli kasallik. Sababi. Kasallikni gepatit virusi qo'zg'atadi. Virusning A, B, C turlari mavjud. Gepatit A virusi zararlangan suv, oziq-ovqat, idish-tovoq orqali yuqadi. Gepatit B, C viruslari sterillanmagan shprits, igna, jarrohlik, ginekologik, stomatologik asboblar, virus tashib yuruvchi odamlardan olingan qon va uning zardobini boshqa odamga davolash maqsadida quyish orqali yuqadi. Download 19.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling