Ichimdagi gaplar


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.05.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1456000
  1   2   3
Bog'liq
KUNDALIKp



Ichimdagi gaplar 

Menga Robin Sharmaning “O’lsang kim yig’laydi” kitobidagi 
bir she’riy jumla juda yoqadi: 
Esingdami sen tug'ilgan on? 
Oshanda hamma, hamma handon edi, sen esa giryon. 
Ey inson, shunday yashaginki ketar chog'inda. 
Hamma qolsin giryon, sen ketgin handon! 


Ichimdagi gaplar 

Aassalomu aleykum! Ismim Shaxzod. Yoshim deyarli 19 da. 
Kitob o’qishga juda qiziqaman. Yuzlab kitoblar o’qimagan bo’lishim 
mumkin, lekin o’qigan kitoblarimdagi biron aqlli jumlaga o’z fikrimni 
bildirishni juda yaxshi ko’raman. Ba’zi ba’zida esa o’sha fikrlarimni 
telegramdagi blogimga (telegram kanal) ham yuklab turaman. Ha 
axir kimdir o’z tengdoshlari bilan fikr almashishi kerakku, to’g’rimi? 
Hohlaymizmi, yoqmi, bu albatta ijtimoiy tarmoqlarda bo’ladi.
O’zi yosh bo’la turib kitob yozishga qo’l uribdi deya ustimdan 
kulishingiz mumkin. Lekin bu siz o’ylagan narsa emas. Umuman 
olganda bu kundalik. Kundalik bo’lsa, uni biron daftarga yozsang 
bo’lmasmidi deyishingiz ham o’rinli. To’g’ri kundalik asosan biron 
qalinroq, chiroyliroq daftarga yoziladi. Shunday ham qilib ko’rdim. 
Ammo bu usul negadir kutilgan natijani bermadi. Odatda biron fikr 
kelib qolsa uni telegramdagi yopiq guruhimga yozib qo’yaman. Bu 
esa menga kundalikka yozganda anchagina qulay. Shunday bo’lsada 
elektron kundalikga uncha ham ishonch yoq. Va men buni qog’oz 
kitobga aylantirgim keldi. 
Kelajakda hozirgiga qaraganda anchagina kengroq fikrlasam 
kerak deb o’ylayman. Chunki, bundan bir necha yil oldingi o’zimni 
eslasam haligacha kulaman. Hozir ham nimalardir esimga tushib 
kulib yubordim. 10 yil, balkim 20 yil o’tib 19 yoshimdagi dunyo 
qarashimni eslab bir hotirlagim kelib qolsa shu kitobni, to’g’riroq qilib 
aytganda shu kundalikni varaqlayman. Demak, bu kitobni yozishdn 
asosiy maqsad hotiralar va fikrlarni kelajakka saqlab qo’yish. Shu 
bilan bir qatorda bularning barini tengdoshlarim bilan ulashish. Ajab 
emaski balkim yozuvchilikka qobilyatim bor yoki yoqligini ham 
aniqlab olarman.


Ichimdagi gaplar 



Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling